yandex metrika
Maqollar

Yetimlik haqida maqollar. Eng sara maqollar to'plami

Yetimlik haqida maqollar. Eng sara maqollar to'plami

Holvani hokim yer,
Kaltakni - yetim.

Bevaga bozor bo'lmas,
Yetimga - hayit.

Yerga tushgan yetimniki.

Yesirning yetmish yerda kasri tegar.

Yetim boy bo'lmas,
Boy bo'lsa ham, boyvachcha bo'lmas.

Yetim bola yetti yilda uyaltirar.

Yetim o'z ishini o'zi qilar,
Kishi minnatini eshitar.

Yetim o'z kindigin o'zi kesar.

Yetim o'g'lon it bo'lar,
Yoqasi to'la bit bo'lar.

Yetim qizga yelpig'ich chikora.

Yetim qizdan yetim xotin yaxshi.

Yetim qizning yetmish onasi bor.

Yetim qizning yangasi ko'p.

Yetim qo'zi asrasang,
Og'zi-burning yog' etar.

Yetim bola asrasang,
Og'zi-burning qon etar.

Yetim ko'zi sutga to'ymas.

Yetimning yegani - yelim,
Ichgani - iring.

Yetimning yegani - zahar,
Kiygani - kafan.

Yetimning joni - yetti.

Yetimning kiyganin boy o'g'li yirtar.

Yetimning ko'ngli - yarim.

Yetimning otasi - yetti.

Yetimning otasi ko'p,
Joniga foydasi yo'q.

Yetimning rizqi yerda.

Yetimning qorni - yetti.

Yetimning hayiti yangi ko'ylak kiyganda.

Yetimning haqi yetti daryoni quritar.

Yetimcha - yetti kulcha.

Zog'oradan to'ydi yetim,
Zarra-zarra qo'ydi yetim.