Windows parolini buzishning oson usuli
Windows parolini yo'qotishning oson usuli
Agar siz windows parolingizni esingizdan chiqarib qo'ygan bo'lsangiz yoki biron boshqa sababga ko'ra tizimga kirolmayotgan bo'lsangiz. Parolni yangilab, tizimga kirishning oson usullaridan birin o'rganib oling. (agar bilmasangiz albatta! ? )
Buning uchun bizga sistema disk yoki sitema qilish uchun moslangan flesh yoki LifeCD kerak bo'ladi.
Windows parolini olib tashlash
Disk yoki fleshkadan Windows 7 yoki Windows 8 o'rnatishni boshlang.
O'rnatish tilini tanlaganingizdan so'ng chap-past tarafda "Восстановление системы" (Sistemani tiklash) degan yozuvni toping.
Sistemani tiklash menyusidan "Командная строка" (Buyruqlar qatori)ni toping.

Unga kirib, so'ngra quyidagi so'zlarni yozing.
copy c:\windows\system32\sethc.exe c:\
So'ng Enter'ni bosing. Bu buyruq sethc.exe fayli nusxasini C dikka saqlab qo'yadi.
Keyingi qadam - System32 sethc.exe faylini cmd.exe fayli bilan alishtiramiz.:
copy c:\windows\system32\cmd.exe c:\windows\system32\sethc.exe
Shundan so'ng komyuterga "Перезагрузка" beramiz.
Parolni olib tashlaymiz
Kompyuter yongan so'ng paroni yozish maydonida turib, Sinf tugmasini 5 marotaba bosamiz. Natijada qarshimizda Buyruqlar qatori paydo bo'ladi.
Ana edni parolni olib tashlash uchun quyidagi kodni yozish yetarli bo'ladi. (Foydalanuvchi nomi va yangi parolni kiriting)
net user Foydalanuvchi_nomi yangi_parol
Hammasi tayyor. Agar hohlasangiz setch.exe faylini joyiga qaytarib qo'yishingiz mumkun. U qaytarish uchun C diskdan C:\Windows\System32 ga ko'chirib qo'yish yetarli.
PS: Lekin, agar parolingizni tez-tez esdan chiqarib tursangiz bu ishni qilishingiz shart emas. Shunda kelgusi maqolaning ohirgi Parolni tiklash qismida keltirilgan ma'lumotdan foydalanish yetarli bo'ladi!