yandex metrika
Maqollar

Aql va aqlsizlik haqida maqollar. Aqlli va aqllilar

Aql va aqlsizlik haqida maqollar. Aqlli va aqllilar

Ayolning husni pardozda emas, aqlida.

Amalga qarama, aqlga qara.

Achchig'ing oldin yursa,
Aqling keynidan oshib kelsin.

Achchig'ing chiqsa ham, aqling qochmasin.

Aql aynimas, oltin chirimas.

Aql aqldan quvvat olar.

Aql bilan odob egizak.

Aql bozorda sotilmas.

Aql - boshda,
G'ayrat - yoshda,
Asl - toshda.

Aql boshdan chiqadi,
Asl - toshdan.

Aql boshlaydi,
Oyoq tashlaydi.

Aql boshlovchi,
Tana ishlovchi.

Aql bo'y bilan o'lchanmas.

Aql bo'yda emas, o'yda.

Aql yoshdan,
Odob - boshdan.

Aql ozmaydi,
Ten to'zmaydi.

Aql toshi - inson boshi.

Aql-farosat - nisbi karomat.

Aql o'lchovi - so'z,
So'z o'lchovi - naql.

Aql o'rgatguncha, naql o'rgat,
Aql - Hasan, odob - Husan.

Aqlga yondosh, Jahldan qoch.

Aqldan ortiq boylik yo'q.

Aqldor bo'lsa yigitning xotini,
Yaxshilikka chiqarar yigitning otini.

Aqli kalta pand yeydi,
Aqli teran - qand.

Aqli kaltaning till uzun.

Aqli kamning azobi ko'p.

Aqli kirmagan qaridan,
Ziyrak tug'ilgan bola yaxshi.

Aqling borida er tani,
Kuching borida yer tani.

Aqling bo'lsa, oqilga ergash,
Aqling bo'lmasa - naqlga.

Aqling ko'r bo'lsa, ko'zdan ne foyda.

Aqling pesh - ishing besh,
Aqling kech - ishing hech.

Aqllingga aql qo'sh,
Jahlingga - sabr.

Aqllashsang, aql topasan.

Aqlli aqlliga yo'ldosh,
Yomon yomonga qo'ldosh.

Aqlli baxt topar,
Baxt bilan taxt topar.

Aqlli bolaga mol na kerak.

Aqlli boshda soch turmas.

Aqlli desang ahmoqni,
Boshga urar to'qmoqni.

Aqlli do'st - rohat,
Aqlsiz do'st - ofat.

Aqlli ish sevar,
Aqlsiz - so'z.

Aqlli ish - qanotli qush.

Aqlli ishiga ishonar,
Aqlsiz - tushiga.

Aqlli kengash qilar,
Ahmoq - urush.

Aqlli naqllab so'zlar,
Aqlsiz laqillab so'zlar.

Aqlli otini maqtar,
Ahmoq - xotinini.

Aqlli pakana ahmoq darozdan yaxshi.

Aqlli uzoqni ko'zlar,
Ahmoq - yaqinni.

Aqlli o'zini ayblar,
Aqlsiz - do'stini.

Aqlli o'ylanguncha, tentak suvdan o'tar.

Aqlli qariya - oqib turgan daryo.

Aqlli qizni yig'latish ham qiyin,
Kuldirish ham.

Aqlliga aytdim, angladi-bildi,
Aqlsizga aytdim, shaqillab kuldi.

Aqlliga aytsang, biladi,
Aqlsizga aytsang, kuladi.

AqlMga bir so'z bas,
Aqlsizga ming so'z oz.

Aqlliga - hurmat, aqlsizga - kaltak.

Aqllidan el rozi,
Ahmoqdan dil norozi.

Aqllining oti ham horimas,
To'ni ham to'zimas.

Aqllining qadri ahmoqning oldida bilinar.

Aqlni beaqldan o'rgan.

Aqlning ko'zi - uzoqning ko'zi.

Aqlning tagi - naql,
Naqlning tagi - aql.

Aqlning o'lchovi - idrok.

Aqlsiz bosh - nursiz chiroq.

Aqlsiz gap tashir,
Oqibatda bosh qashir.

Aqlsiz dushmandan bir saqlan,
Aqlsiz do'stdan ming saqlan.

Aqlsiz do'stga kular,
Aqlli do'stni suyar.

Aqlsiz -jahlli,
Jahlsiz - aqlli.

Aqlsiz og'zidagini oldirar.

Aqlsiz xotin husnini ko'z-ko'z qilar,
Aqlli xotin - aqlini.

Aqlsiz qo'shnidan bitta himmat yaxshi.

Aqlsizga og'a bo'lgandan,
Aqllining olovini yoqqan afzal.

Ahmoq aql o'rgatar.

Ahmoq so'zlar, aqlli tinglar.

Belgi bo'lsa yo'ldan adashmas,
Aql bo'lsa - so'zdan.

Boshda aql bo'lmasa, oyoqda tinim yo'q.

Boqqa bulbul yarashar,
Odamga - aql.

Bo'ying tengi bilan yurma,
Aqling tengi bilan yur.

Idrok - aqlning jilovi.

Inson - aqli bilan,
Dono - naqli bilan.

Inson aqli - olmos.

Ish aqllini topar,
Aqlli - ishni.

Yigitning aqli - ko'zida.

Katta daryo hayqirmas,
Aqlli kishi baqirmas.

Kattada naql bor,
Yaxshida - aql.

Kishi aqli bilan boy bo'lguncha,
O'z aqling bilan gado bo'l.

Kuchiga ishongan - yiqilar,
Aqliga ishongan - yiqitar.

Ko'p moldan oz aql yaxshi.

Ko'r siypab topar,
Aqlli - o'ylab.

Naynovning aqli - to'pig'ida.

Naql - ibrat o'chog'i,
Aql - fikr pichog'i.

Naql - koni aql.

Naql - tagi aql.

Odamning tizgini - aql.

Odamning husniga baho berma,
Aqliga baho ber.

Oy nuri tunni yoritar,
Odam aqli - hayotni.

Otalar so'zi - aqlning ko'zi,
Onalar so'zi - baxtning o'zi.

Tan pardozi oltmishgacha,
Aql pardozi o'lguncha.

Tentak o'ylanguncha,
Aqlli suvdan o'tar.

Totli suv toshdan chiqar,
Yaxshi aql - boshdan.

Tuyaday bo'y beiguncha,
Ninaday aql bersin.

To'qqizida bo'lmagan aql,
To'qsonida ham bo'lmas.

Uyga jihoz yarashar,
Odamga - aql.

Chinordek bo'ying bo'lguncha,
Tumordek aqling bo'lsin.

Husn to'yda kerak,
Aql - kunda.

Husnni ko'z bilar,
Aqlni - ko'ngil.