yandex metrika
Maqollar

Zolimlar va zo'ravonlik haqida maqollar. Eng sara maqollar to'plami

Zolimlar va zo'ravonlik haqida maqollar. Eng sara maqollar to'plami

Zolim oshi osh bo'lmas,
Yomon yig'ilib bosh bo'lmas.

Zolimdan vafo tilama.

Zolimdan panoh tilama,
Fosiqdan - vafo.

Zolimning joyi - jahannam.

Zo'r bilan ko'rning aqli bo'lmas.

Zo'r - zo'rniki,
Tomosha - ko'rniki.

Zo'ravonda hayo yo'q.

Zo'ravonlik - oxiri vayronlik.

Zo'rlik bor yerda zo'ravon ko'payar.

Zo'rlikning so'nggi - xo'rlik.