Bosh kiyim, oyoq kiyim va kiyim kechak haqida topishmoqlar. Barcha topishmoqlar javobi bilan. Eng sara topishmoqlar to'plami.
1. Otdim, osmonga chiqdi.
(Do'ppi)
2. Bosh ustida chambarak,
Chambarakda kapalak.
(Do'ppi)
3. O'zi bitta,
Tuxumi to'rtta,
Bolasi o'n oltita.
(Do'ppi)
4. Boshingdagi boshpana,
Qish-qirovda gulxona.
(Telpak)
5. Kunduzi himoya qiladi,
Kechasi qoziqda turadi.
(Kiyim)
6. Qora botir qaltiroq,
Sag'irlari yaltiroq.
(Qora atlas)
7. Top, topishmoq,
Tanga yopishmoq.
(Ko'ylak)
8. Erta turdi,
Ikki ayri yo'lga tushdi.
(Shim)
9. Mushtum yerga tushdi.
(Cho'ntak)
10. Ho'kizni mindim,
Qo'yni ko'tardim,
G'ovachaga gizlandim.
(Etik, telpak, ko'ylak)
11. Bir tug'ishgan ikki do'st,
Bo'ylari tizdan.
Qolmaydi bizdan,
Saqlaydi qor, muzdan.
(Etik)
12. Kechasi arvayadi,
Kunduzi semiradi.
(Mahsi)
13. Kunduzi haq-haq yuradi,
Kechasi ogzini ochib yotadi.
(Kovush)
14. Ketaveradi, ketaveradi,
Borgan joyida og'zi ochilib qoladi.
(Kovush)
15. Eshikka chiqsam, mening bilan yuradi,
O'yga kirsam, adanda menga qarab turadi.
(Kovush)
16. Besh og'ayni, qo'rasi bor,
Xonasi boshqa.
(Qo'lqop)
17. Keragida osuvli,
Aqlliga biluvchi.
(Sochiq)