Haq joyda qaror topar.
Haq ishni xalq qo'llar.
Haq nohaq bo'lmas.
Haq egilar, nohaq sinar.
Haq egilsa ham, sinmaydi.
Haq o'z do'ppisining tagida.
Haq o'tar, haqlik yutar.
Haq - hamisha g'olib.
Haq haqqa chiqar,
Nohaqning bo'yni sinar.
Haqiqat - osmonda,
Narvoni - hamyonda.
Haqiqat o'tda ham kuymas,
Suvda ham cho'kmas.
Haqiqat qilni qirq yorar.
Haqiqatning yuzi - yorug', qo'li - uzun.