E'tiboringizga hazrat mir Alisher Navoiyning ruboiylarini taqdim etmoqdamiz.
KO'Z BIRLA QOSHING YAXSHI
Ko'z birla qoshing yaxshi, qabog'ing yaxshi,
Yuz birla so'zing yaxshi, dudog'ing yaxshi.
Eng birla menging yaxshi, saqoqing yaxshi,
Bir-bir ne deyin boshtin-ayog'ing yaxshi.
GAR OSHIQ ESANG
Gar oshiq esang mehru vafo qilma havas,
Dard istayu daf'ig'a davo qilma havas.
Hijronu visol mutlaqo qilma havas,
Dildoringdan g'ayri rizo qilma havas.
ZOHID SENGA...
Zohid, senga - hur, manga - jonona kerak,
Jannat - sanga bo'lsun, manga - mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo'lsa to'la, yona kerak.
UMRI AZIZ
Jondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortuq bo'lmas,
Ondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz.
XUSHLUQ
Kim ko'rdi ekin jahonda oyo xushluq,
To bir kishi aylagay tamanno xushluq.
Yuz yilda agar bir o'lsa paydo xushluq,
Omodadur yonida yuz noxushluq.
JONIMDAGI "JIM"
Jonimdagi 'jim' ikki dolingg'a fido,
Andin so'ng 'alif' toza niholingg'a fido,
'Nuni' dog'I anbarin hilolingg'a fido,
Qolg'on iki nuqta ikki xolingg'a fido.
O'PAY
Dedim:'Zaqaning tutub saqog'ingni o'pay,
Ko'z-qoshingga surtubon qabog'ingni o'pay,
Guldek yuzing islabon dudog'ingni o'pay,
Yo'q,yo'q,yo'q, agar desang,ayog'ingni o'pay.
Manba: baxtiyor.uz