Vatan haqida maqollar - eng sara va yirik to'plam
- yrilmagin elingdan,
Quvvat ketar belingdan. - Badqavm bo'lsang bo'l,
Beqavm bo'lma. - Baliq suv bilan tirik,
Odam - el bilan. - Begona tuproq - devona tuproq.
- Betkay ketar, bel qolar,
Beklar ketar, el qolar.
O'zga yurtda shox bo'lguncha,
O'z yurtingda gado bo'l.
Bulbul chamanni sevar,
Odam - Vatanni.
Vatan gadosi - kafan gadosi.
Vatan qadrini bilmagan o'z qadrini bilmas.
Vatanga kelgan - imonga kelar.
Vatanga falokat - o'zingga halokat.
Vatangado bo'lguncha,
Kafangado bo'l.
Vatandan yiroqlashgan - nomusdan o'lar.
Vatani borning baxti bor,
Mehnati borning - taxti.
Vataning tinch - sen tinch.
Vatanning vayronasi - Umrning g'amxonasi.
Yordan ayrilsang ham, eldan ayrilma.
Yoridan ayrilgan yetti yil yig'lar, Yurtidan ayrilgan o'lguncha yig'lar.
Yoringni gul orasidan izla, Erkingni - el orasidan.
Yigit g'ami elida, Elning g'ami dilida.
Non gadosi bo'lsang ham, Yurt gadosi bo'lma.
Ona yurting - oltin beshiging.
Ona yurting omon bo'lsa,
Rangi ro'ying somon bo'lmas.
Suvni bersang elga,
Yasharsan ming yilga.
Tug'ilgan yerdan ko'ngil uzilmas,
Yurt qo'riganning yurti buzilmas.
El kuyunganda kuyungan - botir,
El suyunganda suyungan - botir.
El qo'ngan yerni bilar,
Ot to'ygan yerda tinar.
Elga xizmat - oliy himmat.
Eling senga cho'zsa qo'l,
Unga doim sodiq bo'l.
Yurting omon - o'zing omon.
Yurtni dedim, yuzga kirdim.
Yaxshi yigit yurt tuzar,
Yomon yigit yurt buzar.
O'z uyim - o'lan to'shagim.
O'z yurtingning qadri o'zga yurtda bilinar.
