Tekin bo'lsa, mix yut.
Tekin go'shtning suyagi burun yirtar.
Tekin yegan - ko'zga tikan.
Tekin yeguncha, ekib ye.
Tekin yema, teshadi,
Sim bo'lsang ham, eshadi.
Tekin tomoq odamning tuzog'i,
Yedirib aytadi: Ammamning buzog'i.
Tekin tomoq tish sindirar.
Tekin tomoq totlik kelar.
Tekin tomoqning ta'mi boshqa,
Yeganlarning boshi qashqa.
Tekin tomoqning tikanagi tiqilar.
Tekin topgan mol yomon,
Oxiri qo'ymas omon.
Tekin to'n qimmatga tushar.
Tekindan tomoq bo'lsa,
Qirq kun yotmoq kerak.
Tekinning minnati ko'p,
Mehnatning - ziynati.
Tekinxo'r boyimaydi,
Boyisa ham yuqmaydi.
Tekinxo'r soyasidan qo'rqar.
Tekinxo'r - suvsiz ariq.
Tekinxo'r qopib yeydi,
Mehnatkash topib yeydi.
Tekinxo'rga teng kelma, qopadi,
O'z aybini tekin pulga yopadi.
Tekinxo'rga shafqat yo'q.
Tikanning zahri yomon,
Tekinxo'rning qahri yomon.
Sharob tekin bo'lsa, hamma ichar,
Tekinxo'r vijdonidan kechar.