yandex metrika
Maqollar

Suv haqida maqollar. Eng sara maqollar to'plami

Suv haqida maqollar. Eng sara maqollar to'plami

Yer-suv - bitmas kon.

Yer - xazina, suv - gavhar.

Yerni buzadigan ham suv,
Tuzadigan ham suv.

Kariz suvi - jon suvi.

Suv - zar, suvchi - zargar.

Suv keldi - nur keldi.

Suv qatrasi - dur qatrasi.

Suv - g'o'zaning joni,
O'g'it - uning darmoni.

Suvdan - qatra, oftobdan - zarra.

Suvning ko'rinishi muloyim,
Bag'ri - tosh.

Suvning ozi ham bir balo,
Ko'pi ham bir balo.

Suvsiz yer - jonsiz jasad.