yandex metrika
Maqollar

Sichqondan cho'chigan sher - Ezop masali

Sichqondan cho'chigan sher - Ezop masali

Uxlab yotgan Sherning basharasidan bir sichqon pildirab o'tib ketadi. Sher sakrab turib ketib, kim yuzimga tegdi, degandek atrofga alanglab qaraydi. Buni ko'rgan tulki: "Seni qara-yu, kimsan Sher bo'laturib sichqondan qo'rqib ketding-a!" - deb Sherni mazax qiladi, "Yo'q, men sichqondan qo'rqqanim yo'q, - deb javob qiladi Sher, - balki uning surbetligi g'azabimni qaynatdi".
Bu masal, aqlli odamlar hatto ikir-chikir narsalarga ham befarq qaramaydilar, demoqchi.