yandex metrika
Maqollar

Saxiylik va himmat haqida maqollar. Eng sara maqollar to'plami

Saxiylik va himmat haqida maqollar. Eng sara maqollar to'plami

Аsl qushning bolasi
Oldiga qo'ymay osh yemas.

Baxil bo'lma, saxiy bo'l,
O'smog'ingga to'g'ri yo'l.

Baxil topsa, bosib yer,
Saxiy topsa, barcha yer.

Baxilniki doim "yo'q",
Saxiy yo'q bo'lsa ham to'q.

Berardan ham bir so'ra,
Bermasdan ham bir so'ra.

Berarmanga beshov ko'p,
Olarmanga oltov oz.

Berag'on qo'lim - olag'on.

Berganga bir ham ko'p,
Olganga o'n ham oz.

Berganga - qo'sha-qo'sha,
Bermaganga - o'sha-o'sha.

Berganing bir yumurta,
O'ldirding turta-turta.

Berdining berdi oti bor,
Oldining oldi oti bor.

Bermaganni berib uyaltir.

Boy bo'lsang, sholg'om ye,
Kambag'al bo'lsang - palov.

Keng bo'lsang, kam bo'lmaysan.

Kiygan to'ning eskirar,
Kiydirganing eskirmas.

Ko'ngli ochiqning - yo'li ochiq.

Ko'ngli ochiqning - qo'li ochiq,
Qo'li ochiqning - yo'li.

Ko'ngling keng bo'lsa, hujra ham saroy.

Maqtasang, saxiyni maqta,
Toptasang, baxilni topta.

Meniki bitsin, seniki yitsin.

Ming qo'y beradigan yigitning
Peshanasida bir qo'yning izi bo'ladi.

Olimsog'ing bo'lsa-bo'lsin,
Berimsog'ing bo'lmasin.

Olishda: Bismillo,
Berishda: Аstag'furillo.

Olishda: Hoy-hoy,
Berishda: Voy-voy.

Ol-olchining do'sti ko'p,
Ber-berchining do'sti yo'q.

Oshxonang keng - go'rxonang keng.
Oqqan ariqdan suv oqar.

Saxiy bilan baxil bir buloqdan suv ichmas.

Saxiy bilan baxilni eshagining to'qimi bildirar.

Saxiy bo'lmasa, baxil harom o'lar.

Saxiy topsa, o'rtada,
Baxil topsa, xaltada.

Saxiy xor bo'lmas,
Baxil behishtga kirmas.

Saxiyning ishiga baxilning tishi qamashar.

Saxiyning o'ng qo'li berar,
Chap qo'li bilmas.

Saxiyning xayriga baxilning boshi og'rir.

Suv ichirmasga sut ichir.

Suvsiz yerda tol bo'lmas,
Qovoqarida bol bo'lmas.

Sukutda hikmat ko'p,
Bulutda - himmat.

So'rab berguncha, urib ber.

Tikadigan beka bo'lsin,
Kiyadigan cho'ri bo'lsin.

Tog' belgisi tosh bilan,
Boy belgisi osh bilan.

Tug'mas xotinga igna ham davlat.

Uying tor bo'lsa ham,
Ko'ngling keng bo'lsin.

Xayr qilsang, butun qil.

Xayr ham - xayr,
Dalolat ham - xayr.

Xayrli qo'l qayrilmas.

Xasis to'y qilsa, bakovul bo'lma.

Xasis hayosiz bo'lar,
Yeri giyo(h)siz bo'lar.

Eshak bo'lsin, xayrli bo'lsin.

Yaxshi topsa, elga yoyar,
Yomon topsa, go'rga yoyar.

Yaxshining ko'ngh - tog',
Baxilning ko'ngli - dog'.

Qallobning bolidan
Saxiyning zahri yaxshi.

Qimmati oz - himmati oz.

Qush - qanoti bilan,
Er - himmati bilan.

Qo'y bergan kishi ipidan qochmas,
Qiz bergan kishi - sepidan.

Qo'lim ochiq - yuzim ochiq.

Qo'lingdan bermasang, yo'lingdan ber,
Yo'lingdan bermasang, so'zingdan ber.

Qo'chqor bo'lar qo'zining
Peshonasi do'ng bo'lar.
Og'a bo'lar yigitning
Peshonasi keng bo'lar.

Har kim himmatiga yarasha topar.

Himmatli ko'kka ko'tarilar,
Himmatsiz yeiga ko'milar.

Himmatli himmatidan topar.