Oddiy savollardan zerikdingizmi, sizni ancha o'ylashga majbur qiladigan foto shaklidagi mantiqiy savollar bilan o'zingizni sinab ko'ring.
Bu boshqotirmalarni diqqat va e'tibor talab qiladigan mayda buyumlarni ham seza oladigan, kuzatuvchanlik qobiliyati rivojlangan, tahlil qilish va mantiqiy fikrlash mahorati kuchli kishilargina topishlari mumkin. Shunday topqir insonlar qatorida ekaningizni sinash uchun savollarning javobini ko'rishdan avval chuqur o'ylab yechimini topishingizni va undan keyin javobini ko'rishingizni tavsiya etamiz. Tayyor bo'lsangiz boshlangg. Qani, nechta savolga o'zingiz javob topar ekansiz.
1. Ko'rinishidan bitta ko'ringan mashina bu yerda yagona emas. Siz bu yerdan ikkinchi mashinani izlab toping.
2. Hoynahoy bu yerda siz baqani suratini ko'rayotgan bo'lsangiz ajab emas, lekin bu yerda aslida boshqa jonzot. Bu qaysi jonzot bo'lishi mumkin?
3. Mushuklarni juda ayyor ovchi deyishadi. Ushbu suratdan mushukni toping.

4. Ushbu suratdan 9 ta insonni topishga harakat qilib ko'ring.
Ko'rib turganingizdek, bu yerda haqiqatan ham 9 ta inson bor.

5. Bu yerda necha dona gugurt cho'pi bor?
Ko'rib turganingizdek bu yerda 8 dona gugurt cho'pi bor edi

6. Bu suratdan mushukni toping.
Mana o'sha izlangan mushuk

7. Bu yerda nechta inson boshini ko'ryapsiz, ularni sanab bering.
Bu yerda 10 dona inson boshi bor edi.

8. Ushbu suratda kim v anima ortiqchaligini topishga urinib ko'ring.
Agar e'tibor qilgan bo'lsangiz bu yerda hamma narsaning oyog'I bor. Demak, bu yerda ortiqcha narsalar ilon va yulduzcha edi.

9. Ushbu suratda rassom qanday xatolarga yo'l qo'ygan?
Birinchi navbatda katta tok o'tgan stalbaning soyasi oy chiqqan tomonga tushgan, bu albatta, xato. Ikkinchisi esa daraxtlarning umuman soyasi yo'q. Uchinchisi esa oy chiqqan paytda quyon turgan joy qop-qorong'I bo'lishi kerak. Chunki, daraxt soyasi yerga tushib turadi. Shunday ekan, bu yerda quyon ko'rinmasligi kerak edi. To'rtinchisi esa, hamma daraxt ustida qor bor, lekin eng birinchida turgan katta daraxt ustida qor yo'q. Yana bir xato esa, mashinani umuman soyasi yo'q.
10. Ushbu suratdan xitoylik odamni topishga urinib ko'ring.
Ko'pchilik buni topishga qiynalgan bo'lsa kerak, mana o'sha odam.

11. Bu yerda har xil yeguliklar va taomlar bor. Eng qizig'I esa bu yerda sportga oid yana bir narsa yashiringan. Uni topishga harakat qilib ko'ring.
Bu yerda kichik rezina koptok yashiringan edi.

12. Ushbu yuqoridan tushirilgan suratda qaysi mamlakat aks etgan?
Ko'pchilik bu savolga Amerika, Braziliya, Xitoy deb javob bergan bo'lsa ajab emas. Ushbu suratda Yaponiya mamlakati aks etgan. Ushbu rasm buyuk yapon tog'I Fudzeda suratga olingan.

13. Ushbu yo'l-yo'l chiziqlarda nimaning surati bor? Faqat shoshilmasdan topishga harakat qiling. Bu savolga 99% odam aniq javob berolmas ekan
Suratga yaxshilab e'tibor qilib nimani surati borligini topa olmagan bo'lsangiz, endi monitor yonidan 2 metr orqaga surilingda, keyin yo'l-yo'l chiziqlarga qarang. Siz bu yerda mushukni rasmini ko'rasiz.
14. Ko'rib turganingizdek uchala mushuk bir xildek, lekin ularning biri ikkisidan farq qiladi. O'sha o'zgacha bo'lgan mushukni topishga harakat qiling.
Ikkinchi raqamli mushuk boshqalardan ko'z qarashi bilan farq qiladi.
15. Ushbu suratda itning rasmi qayerga chizilgan?
Ko'pchilik bu savolga javob topolmagan bo'lsa ajab emas, Mana o'sha beozorgina kuchukning rasmi

16. Ushbu suratdagi uchburchaklar orasidan yurak tasvirini topishga urinib ko'ring.

17. Ko'z oldingizda o'lganerkak surati, uning qo'llarida qurol, stolning ustida esa chekib tugatilmagan tamaki, xat va ruchka. Xona ostin-ustun qilingan.
Gaz ustida ovqat, tepasida erkakning marhum xotining surati osilgan. Taqvimda sana qizil rang bilan belgilab qo'yilgan, uning ostida esa yig'ib qo'yilgan jamadon. Shunday qilib, bu qotillikmi, yoki o'z joniga qasd qilish
?
Bu qotillik, stol ustida o'limi oldidan xat oldidagi ruchka o'ng tarafda, uning quroli esa chap tomonda. Undan tashqari xona o'rtasida turib o'ziga o'q otganda devorda qon izlari qolganligi ham shubhali. Stol ustidagi xat esa do'stiga, yo biror yaqiniga yozilgan xat bo'lishi mumkin. Taqvimdagi qizilga olingan sana va yig'ilgan jomadon uni qayergadir otlanayotganligini isbotlay oladi.

18. Bu suratda konkida uchayotgan bola va chang'ida uchayotgan qizaloq tasvirlangan. Sizning vazifangiz suratda yashiringan quyonning tasvirini topishdan iborat.
Mana u, bolakay va qizaloq o'rtasida sakrab turgan holatda tasvirlangan.

19. 1900 yilda Shimoliy Irlandiyada suratga tushirilgan ushbu rasmga e'tibor bering, suratda 15 ta ishchi qiz tasvirlangan. Diqqat qiling, ushbu suratda nima ortiqcha?


20. Stol ustida ketma-ketlikda stakanlar joylashtirilgan. Boshidagi uchta stakanga sharbat quyilgan, qolgan uchtasi esa bo'sh. Ularni shunday joylashtirish kerakki, ketma-ketlikda birida sharbat, biri bo'sh bo'lishi kerak. Ammo siz faqatgina bitta stakanni joyidan siljitishingiz mumkin.
Aslida stakanlarning joyini almashtirishning ham keragi yo'q, bor-yo'gi ikkinchi stakandagi sharbatni beshinchi stakanga quyishning o'zi kifoya qiladi.

21. Ushbu suratda bir-biriga qarama-qarshi turgan bananni toping.

22. 10 daqiqa oldin sohildagi kafedan pul o'g'irlangan, bu yerda esa 4 dona gumondor bor, ularning har bir 10 daqiqa ichida kafeda bo'lmaganman deyishmoqda. Bularning orasida kim o'g'ri?
O'g'ri bu erkak. Detallarga qarab xulosa chiqaramiz, agar ushbu erkak ushbu muzqaymoqni 10 daqiqa oldin olgan bo'lganda erib ketgan bo'lardi.

23. Ushbu avtobus qaysi yo'nalishga ketmoqda, chapgami yoki o'nggami?
Avtobusning eshiklari narigi tomonda, demak, avtobus chap tomonga qarab yurmoqda.
Manba: Baxtiyor.uz

