Ona haqida maqollar to'plami
Ba'zida eshitgan, ba'zida ko'rgan maqollar va iboralarim:
- Onaning allasi dunyoni tebratar
- Bolaning qo'li shilinsa, onaning ko'ngli shilinadi
- Jannat onalar oyog'i ostida
- Ona bilan bola - gul bilan lola
- Onaning ko'ngli bolada, bolaning ko'ngli dalada
- Bolali ona donga to'ymas, bolali g'oz donga
- Onali kelin qarqara, onasiz kelin tasqara
- Onangni quyosh bilsang, otangni oy bil
- Bola loy bo'lsa, ona kulol
- Ona qilsa zo'rlikni, bola tortar xo'rlikni
- Otasi buzuqning biri buzuq, onasi buzuqning bari
- Erka tutsa onasi, taltayadi bolasi.
 
                         
                     
                    
                     
                                
 
                                 
                                             
                                             
                                            