Insof - sari baraka.
Insofi borning barakati bor.
Insofi yo'qning imoni yo'q.
Insofli oshini yer,
Insofsiz - boshini.
Ish bitdi,
Eshak loydan o'tdi.
Yiqilganni tepib o'tma, suyab o't.
Ketmon olsang, zanglatma,
Egasini qatnatma.
Kimning moli, puli bo'lsa,
Avliyoning o'g'li shul.
Dunyo, moli bo'lmasa,
Tomni teshgan o'g'ri shul.
Kulni o'z kumochingga tortma.
Ko'mirni o'g'irlagan temirchi,
Baloga qolgan ko'mirchi.
Ko'pirsang ham, tupurma.
Ko'r bo'lsang ham, ko'mamak bo'lma.
Ko'rgan kuningni unutma,
Xom chorig'ingni quritma.
Noinsofga erk bersang, elni talar.
Noinsofni tuzkonda ko'r.
Noshukurda shukur bo'lmas,
Nonko'rda - uzr.
Semiz - "ko'rkam",
Boy - "chechan".