yandex metrika
Maqollar

Egar va otga minish haqida sara topishmoqlar to'plami javobi bilan

Egar va otga minish haqida sara topishmoqlar to'plami javobi bilan

Egar va otga minish haqida sara topishmoqlar javobi bilan.

1. Otdan baland,
Itdan past.

Topishmoqning javobi

(Egar)

2. Bo'yi past,
Otdan tushmas,
Piyoda yurmas.

Topishmoqning javobi

(Egar)

3. Uzun edim kesdilar,
Yo'g'on edim yo'ndilar,
Ishga loyiq qildilar.

Topishmoqning javobi

(Egar)

4. Tom ustida sandiq.

Topishmoqning javobi

(Egar)

5. Tepdim,
Terakka chiqdim.

Topishmoqning javobi

(Otga minish)

6. Tap-tap etib tomga chiqdim.

Topishmoqning javobi

(Otga minish)

7. Tepdim teshik,
Mindim beshik,
Oldim ajriq,
Keynim to'qay.

Topishmoqning javobi

(Uzangi, egar, ot yeli, dumi)

8. To'rt oy, yigirma to'rt yulduzni
Samarqand keta turib saman otda ko'rdim.

Topishmoqning javobi

(Ot taqasi, mixlari)

9. Etti teshik,
Bir kartiq.

Topishmoqning javobi

(Ot xomuti)

10. Qirq qulog'i,
Ikki og'zi bor.

Topishmoqning javobi

(Xurjun)