Aybini yashirmoq nodonlar ishi.
Ayron osh bo'lmas,
Nodon - bosh.
Aytguvchi nodon bo'lsa,
Tinglovchi dono kerak.
Anqov o'yin buzar,
Tentak - uyin.
Botirdan yaxshi ish qolar,
Donodan - so'z.
Buloqning suvi tiniq,
Dononing - suhbati.
Dono aytsa, el aytgani,
Elning g'amin yeb aytgani.
Dono aql so'rab hormas,
Nodon nozin qilib bormas.
Dono aqli dor emas,
Nodon aqli yor emas.
Dono bajarar ishni,
Nodon sindirar tishni.
Dono bilan nodon bir buloqdan suv ichmas.
Dono bilan yursang, dono bo'lasan,
Ahmoq bilan yursang, rasvo bo'lasan.
Dono - donoga yor,
Ahmoq - do'stga zor.
Dono durdan a'lo.
Dono ming yashar,
Nodon bir yashar.
Dono naqli - hayot aqli.
Dono so'ziga bino qo'yar
Nodon - o'ziga.
Dono so'zini tergar,
Nodon - ko'zini.
Dono o'ylab aytar,
Nodon - o'ynab.
Dono qarisa ham, donoligi qarimas.
Dono hikmat keltirar,
Nodon - kulfat.
Donoga ilm - ilm,
Nodonga essiz ilm.
Donoga ish - shon-u shuhrat,
Nodonga ish - g'am-u kulfat.
Donoga ergashgan dovondan oshar.
Donoda mehr bo'ladi,
Nodonda - zahr.
Donolikning cheki yo'q.
Dononing gapi - tegadi nafi.
Dononing so'ziga boq,
Yaxshining - o'ziga.
Dononing so'zidan ham qolma,
Yurgan izidan ham.
Dononing o'zini olmasang ham, so'zini ol.
Yomonni yaxshi qilish - dononing ishi,
Yaxshini yomon qilish - nodonning ishi.
Inson - aqli bilan,
Dono - naqli bilan.
Kasalga davo topilsa ham,
Anqovga davo topilmas.
Ma'rakaga ahmoq aralashsa,
Buzilmay qolmas.
Ma'rakaga dono aralashsa,
Tuzilmay qolmas.
Ma'rakada topib gapirgan - dono,
O'zini tutib o'tirgan ham - dono.
Nodon bilan sirdosh bo'lma.
Nodon bilan shavla yesang,
Oyog'ingning tagi pishar.
Nodon kuzatar,
Dono tuzatar.
Nodon so'zlar,
Dono ibrat olar.
Nodon o'z aybini ko'rmay,
Kishi aybini qidirar.
Nodonga - kaltak, donoga - ishora.
Nodonga tek turmoq - javob.
Nodonga ulfat bo'lgan qon yutar.
Nodondan aql kutma,
Beburddan - nomus.
Nodondan boshchi bo'lsa,
Jarga qulab ketasan.
Nodonning dili - tilida,
Dononing till - dilida.
Nodonning kulfati ko'p,
Dononing - hikmati.
Oldiga kelganni yemak -
Hayvonning ishi.
Og'ziga kelganni demak -
Nodonning ishi.
Olimdan ot qoladi.
Nodondan - dod.
Oltmish yashar ahmoqdan
Olti yashar dono yaxshi.
Sohibkordan bog' qolar,
Donodan - kitob.
So'zlovchi ahmoq bo'lsa,
Tinglovchi dono kerak.
So'ngak osh bo'lmas,
Nodon bosh bo'lmas.
Tentak tentakligini qo'y so'yib bildirmas.
Tentak to'rini bermas,
Telba - to'nini.
Yaxshining xatosi yo'q,
Nodonning - oshnasi.
O'likka yig'lagan essiz ko'zim,
Nodonga so'zlagan essiz so'zim.
Hovuzda qurbaqa vaqillaydi,
Nodon - davrada.