Dehqonning oldiga keldi-da Ilon,
Der: "Inoq yashaylik edi, qo'shnijon!
Bundan buyon mendan ch o'chimagin sen,
Qaragin, butunlay boshqachaman men:
Bahor terimni ham o'zgartdim hatto".
Ilonning so'ziga ishonmay Dehqon
Qo'liga boltani oldi-da shu on
Dediki: "O'zgargan bo'lsa-da tering,
Baribir eskicha - yovuzdir diling" -
Va Ilon boshini yanchdi u shartta.
Mabodo ishonchni yo'qotsang agar,
Ming niqob zgartir, bari bir bekor.
Aldashning foydasi bo'lmas mutlaqo,
Xuddi Ilon kabi olasan jazo.
Krilov I.A