Mutafakkirlar. Abu Rayhon Beruniy (973-1048)
O'rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy 973 yil 9 sentyabrda Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug'ildi. Ayrim manbalarda Beruniyni Kot shahrining tashqarisida tug'ilgan, shu sababli uni "Beruniy", ya'ni "tashqarili"" degan taxallus bilan atashgan deyishadi.