8-mart onalar uchun she’rlar

Eng go'zal insonsiz xayotimdagi.
O'zgani "go'zalim" deganim yolg'on.
Yagona Malikam saroyimdagi.
Bayramingiz bilan onajon.

Onamdek mehribon munisa opam.
Yoshligim eslayman sizni har ko'rsam.
Sizdek vafodormas, menga soyam ham.
Muborak bo'lsin sizga ham bayram.

Abdulla Oripov sherlari

Umrimdan ming marta roziman, biroq
Gohida ko'ksimni ortiq keribman.
Yoshlik - g'o'rlik ekan, anglamay, ko'proq
Katta shaytonlarga salom beribman.
Vaqtning tezligiga hayron qolaman
Va kulib qarayman buning bariga.
Endi yoshim ulug', alik olaman
Kichik shaytonlarning salomlariga.

Muhammad Yusuf she’rlari

Muhammad Yusuf she'rlari to'plami Onajon Topmoq - yo'qotmoqdir, Yo'qotmoq - topmoq, Sen so'lib, Men yashab, To'lishimga boq. Sensiz topganimdan Ko'proq yo'qotdim - Sen meni yupatding, Seni yig'latdim, Sen meni yaratding, Seni tugatdim. Uyalmay ONA deb, Kelishimga boq!..

Navruz bayramiga she’rlar

Navruz bayramiga she'rlar Hademay Navro'zdir, hademay Navro'z! Hademay nastarin gullaydi bodrab,Osmonga hushimni eltib ifori.Quyoshli shudringlar tushar ertalab.Yuvib dillardagi qishning g'uborin. Hademay qaldirg'och keladi qaytib,O'rik shohlarida bo'rtar dovuchcha,Turnalar azaliy qo'shig'in aytib,Sumalak pishadi tong otgunicha.

Ona haqida sherlar

Onalar haqida sherlar Alisher NAVOIY Onalarning oyogi ostidadirRavzai jannatu jinon bogi.Ravza bogi visolin istar esangBul onaning oyogin tufrogi. * * *Boshni fido ayla ato qoshiga,Jismni qil sadqa ano boshiga.Tun, kuningga aylagali nurposhBirisin oy ayla, birisin quyosh. MirtemirSEN ONA Alisherga alla aytib ukhlatganSen - ona.

SEVGI HAQIDA SHERLAR

Sevishganlarga sherlar Sevgi nima? degan savolgaHar kim javob berar o"zichaBa"zilarga u o`yinchoq tuyg`uAyrimlar der "Sevgi bu-og`u.Xayotida sevgila yashabSevgi bilan o`lganlar qanchaAna shular sevgi qadrigaYetgandirla oxirigacha.Menimcha sevgi judaOliy, buyuk tuyg"udirSevib qolgan odamlarJuda baxtli insondir.

Zulfiya she’rlari to’plami

Zulfiya she'rlari to'plami Bahor keldi seni so'roqlab Salqin saharlarda, bodom gulidaBinafsha labida, yerlarda bahor,Qushlarning parvozi, yellarning nozi,Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor...Qancha sevar eding, bag'rim, bahorni,O'rik gullarining eding maftuni.Har uyg'ongan kurtak hayot bergan kabiKo'zlaringga surtib o'parding uni.