Homiladorlikning so'ngi davri
Ko'pi o'tib, ozi qoldi. Tez orada siz bo'lajak ona maqomini ortda qoldirib, ONAga aylanasiz! Vujudingizda urib turgan jajji yurakcha ham siz bilan uchrashishni intiqlik bilan kutmoqda. Vaqti soati yetib, kichkintoyingizni, albatta, qo'lingizga olasiz. Ungacha esa 12 haftani birgalikda bosib o'tishga to'g'ri keladi.