Windows-da kompyuter nomini o’zgartirish

Ko'pchilik, Windows tizimini o'rnatish jarayonida, kompyuter nomini o'rnatadigan joyga ahamiyat bermaydi, natijada kompyuter nomi "Desktop-SKDFHL" ko'rinishida bo'lib qoladi.
Kompyuteringiz nomi qanday? tekshirib ko'ring:
1. Win+R→cmd
2. Qora oynaga, hostname deb yozamiz va Enter.

Identifikatorlar haqida batafsil

Ushbu maqolada biz identifikatorlar mavzusiga to'xtalib o'tamiz: (ID, UID). Ushbu qisqartmalar axborot xavfsizligida ko'p uchraydi.
ID nima?
ID ("ay-di" deb o'qiladi) - bu inglizcha "identifier" so'zining bir qismi bo'lib, "identifikator" deb tarjima qilinadi.
ID yoki Identifikator - bu subyektni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi axborotdir (sodda qilib aytganda bu raqam yoki nom: son yoki belgilar satri).

Windows parolini tiklash

Agar parolingizni unutsangiz va Sizning tizimga kira olmasligingizga olib keluvchi boshqa nimadir yuz bergan bo'lsa, Windows 7 va Windows 8 parolini tiklashning juda oddiy usuli mavjud (lokal qayd yozuvidan foydalangan holatda), bu hattoki yangi foydalanuvchilar uchun ham mos keladi.

Sizga qattiq diskning fayllarini boshqarish imkonini beruvchi Windows'ni o'rnatuvchi disk yoki yuklanuvchi fleshka yoki qandaydir LiveCD kerak bo'ladi.

IT sohasidagi kasblar

IT da qanday kasblar bor?

IT juda keng soha. Hozirda talab yuqori boʻlgan IT kasblari quyidagicha:

- Developer - dastur, ilova, va oʻyin yaratuvchi.

- Designer - dastur dizaynlari yoki 3D modellar yaratuvchi.

- Tester - sinovdan oʻtkazuvchi.

- DevOps - yaratilgan dasturlarni yetkazish va doimiy ishlashi nazoratchisi.

Kompyuter USB portlarini bloklash

Agar sizning kompyuteringizdan vaqtinchalik foydalanuvchilar yoki bolalar kirib foydalansa, unda siz qachondir kelib chiqishi noma'lum bo'lgan fayllarga, ba'zida esa viruslarga duch kelishingiz aniq.

Windows USB Blocker dasturi tizimni zararkunanda dasturlardan himoyalagan holda, foydalanuvchiga USB-portlarni tez va to'g'ri bloklash imkoniyatini beradi.

Kompyuterga drayveri nima

Ko'pchilikning muammosi - kompyuterga joylashtirilgan qurilmalarning drayverini qayerdan olaman?
Drayver o'zi nima?
Drayver bu - kompyuterdagi qurilmalarni(videkarta, wifi modul, bluetooth modul vahakazo) operatsion tizim bilan bog'lab beruvchi maxsus dastur. Bu dastur bo'lmasa, sizdagi qurilmalar umuman ishlamaydi.
Misol uchun, notebook sotib oldingiz, undagi Wi-Fi modul ishlamayapti, yoki statsionar kompyuteringiz bor, lekin undan ovoz chiqmayapti. Tanish holatmi).
Demak, xulosa shuki, drayversiz sizning qurilmangiz temirning o'zi.

Mustaqil kompyuter yig’ish

Kompyuterni qanday yig'ish mumkin? Zamonaviy smartfonlar, planshetlar va noutbuklarning quvvati har yili tobora ta'sirchan bo'lib kelmoqda.

Kompyuter MAC adresini qanday topish mumkin: 4 usul

Kompyuter MAC adresini qanday topish mumkin: 4 usul MAC manzili - tarmoq qurilmasining identifikatori. Hatto uni ishlab chiqarish jarayonida ham ro'yxatdan o'tgan. Har bir tarmoq kartasida yoki yo'riqchining o'ziga xos identifikatori mavjud. MAC manzili nima? Barqaror Internet aloqasi uchun.

Kompyuterni masofadan boshqarish

Anydesk nomli dastur orqali siz kompyuteringizni masofadan turib boshqara olasiz. Qanday?
Anydeskni yuklab oling va o'rnating. Dasturni ochganingizda sizda 9 raqam bo'ladi shu raqamlar bilan siz o'zingizning kompyuteringizga masofadan kira olasiz, albatta, kompyuteringiz yoniq bo'lishi va internetga ulangan holda (mb ko'p olmaydi) Anydesk ochiq turgan bo'lishi kerak.

O’chirilgan fayllarni tiklash

Qattiq diskdagi o'chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?

Agar siz operatsion tizimingizni qayta o'rnatgan bo'lsangiz yoki shunchaki shaxsiy kompyuteringizni keraksiz fayllardan tozalagan bo'lib, biror muhim faylni o'chirib yuborgan bo'lsangiz - u holda o'chirib yuborilgan materiallarni "Recuva" dasturi yordamida qayta tiklashingiz mumkin.

Bu qanday amalga oshiriladi:

1️⃣. Ushbu yordamchi dasturni recuva yuklab olamiz, o'rnatamiz va ishga tushiramiz.