Wi-Fi hech kimga ko’rinmaydigan qilib qo’yish

Uyingizdagi Wi-Fi routeringiz signalini xavfsizlik nuqta’iy nazaridan hech kimga ko’rinmaydigan qilib qo’yishni istaysizmi?
Buning uchun:
1. Wi-Fi’ga ulanasiz, yoki routeringizni kabel orqali kompyuteringizga ulaysiz.
2. So’ng internet-brauzeringizni ochib, “Wi-Fi” routeringizning orqa tarafidagi IP adresni (192.196. …) brauzerga kiritasiz. Login va parol ham routeringiz orqasida bo’ladi.
3. Kengaytirilgan “Wi-Fi” xavfsizlik sozlamalarini tanlaysiz va SSID yonidagi
tugmani bosasiz.
4. Wi-Fi signalini yashiringanini tekshiring va saqlash tugmasini bosing.
Uni topish va ulanish uchun esa, qurilmadan “добавить сеть” ya’ni “tarmoq qo’shish” tugmasini bosib, Wi-Fi nomini kiritasiz va parolini terasiz. Shunda Wi-Fi routeringizga faqat sizning ruhsatingiz bilan boshqalar ulanadigan bo’ladi
@ITStarsUz