Ojiz…
Nima bo’ldi ko’zlaringda nam
Ko’zlarimga qarolmayabsan
Doim shodon kulib turarding
Yig’layabsan tinolmayabsan
Mendan kechib ketgan eding-ku
Boyligiga uchgan eding-ku
Sof sevgimni sotgan eding-ku
Afsusdasan aytolmayabsan
Aldadimi? yo’lg’on sevganing
Baxtim deding shumi topganing
Topolmaysan sen yo’qotganing
Ko’zlarimga qarolmayabsan
Yig’layabsan tinolmayabsan
Xatto bir so’z aytolmayabsan
Yo ortingga ketolmayabsan
Mendan yana nima kutyabsan
Kechir meni! shahlo ko’zligim
Men seni kechirolmayman
Xech bo’lmasa oddi do’stligim
Qayting… deya aytolmayabsan
Sukunat saqlama gapirgin axir
Qayta uchrashtirdi taqdir bu taqdir
Ketyabman ortimdan dod solib chaqir
Yurakda so’zlaring aytolmayabsan…
ABDUMALIK