Pomidor tuzlama
Kerakli masalliqlar:
-
-
- 2 kg ko’k pomidor(pishib ulgurmagan pomidorlar)
- 5-6 dona sarimsoq bo’lagi
- ukrop
- 2,5 – 3 osh qoshiq tuz
- 2 dona lavr bargi
- 1 choy qoshiq murch
- 1 osh qoshiq uzum sirkasi
-

Pomidorlarni har birini katta kichikligiga qarab 6 yoki 8 qismga bo‘lib olamiz.
Ukrop va sarimsoqni maydalaymiz.


Barcha tayyorlab olgan mahsulotlarimizni katta idishga solib yahshilab aralashtriamiz. Uzum sirkasini ham solib engil aralashtiriladi.


Aralashtirib olgan pomidorimizni tog´orachaga solib usita og´irroq narsa bostirib qo´yamiz. Pomidorni suvi 2-3 soatlarda chiqib pomidorlarni ko´mishni boshlaydi.

Ushbu tuzlamamiz muzlatgichda bemalol 1 oy davomida saqlash mumkin. Turgan sari mazali bo´lib boraveradi.
Yoqimli ishtaha!!!