Chimchi – koreyscha karamli salat

Chimchi – koreys oshxonasining eng ommalashgan yeguliklaridan biri hisoblanadi. Tayyorlash jarayoni umuman qiyinchilik tug’dirmaydi va bizlarning afsonaviy retseptimiz bu ishni uddalashingizga ko’maklashadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
3-4 kilo pekin karami
2 osh qoshiq “alanga” ziravorlar
300-400 gramm tuz
Qadam 1
Karamlarni ikkiga yoki to’rt bo’lakka bo’lib olamiz.
Qadam 2
Har bir karam qavatini asta-sekinlik bilan ochib tuz sepib chiqamiz. Karamning qalin joylariga tuz ko’proq ketadi.
Qadam 3
Karamning kesilgan joylarini pastga qilib, kattaroq sirli idishga terib chiqamiz. Ustidan karamning yarmigacha sovuq suv quyamiz va ustini kattaroq lagan bilan yopamiz. So:ng ustidan og’irriq narsa, masalan, suv to’ldirilgan 3 litrli banka qo’yamiz.
Qadam 4
So’ng karamlarni olib, tuzini yuvib tashlaymiz va o’zimizga qulay kattalikda to’g’raymiz. Qulayroq idishga solamiz.
Qadam 5
Achchiq qalampir va sarimsoqpiyozni teng hajmda olamiz, qalampirni urug’chalaridan tozalab, sarimsoqpiyoz bilan birga go’shtqiymalagichdan chiqaramiz. So’ng tuz solib aralashtiramiz.
Qadam 6
Karamga qalampirli aralashmamizdan solib, yaxshilab aralashtirib olamiz. Va bir sutka xona haroratida qoldiramiz.
Qadam 7
So’ng tayyor bo’lgan salatni sovutgichga olib qo’yamiz. Chimchi salatini sovutgichda 1 oygacha saqlash mumkin. Yoqimli ishtaha!