Bahor fasli uchun sherlar

Bahor keldi o'lkamizga

Yana keldi qaldirg'och

Humo qo'ndi yelkamizga

Borliq bizga bag'ring och

Bahor fasli tarovatin

Shunda bildim tabiat

Qish ketib bahor keldi.

Ayollarga bag’ishlangan she’rlar

Tabassum yarashar ayol yuziga,
Quloq tuting gar g'am cheksa ohiga,
Ayolni qadirlang, ayolni asrang,
Aslo ozor bermang ayol zotiga.

Axir ayol ona, mexribon singil,
Gar ayol bo'lmasa to'lmaydi ko'ngil.
Ayol qalbi nozik misoli bir gul,
Aslo ozor bermang ayol zotiga.

Ayollarga atalgan she’rlar

Hayotning har qanday shartiga ko'nding,

Ayt qachon ko'ksingga tegibdi shamol?!

Bola - chaqa deding, ro'zg'or, ish deding,

Bir kun o'zing uchun yashagin Ayol!

Sen- erning aybini yopguvchi qalqon,

Oila ko'rkiga berarsan sayqal.

Mayliga har kunmas, lekin har zamon,

Bir kun o'zing uchun yashagin Ayol.

Ayollar haqida ma’noli sherlar

Uxlaydi toliqqan butun jonzot bu damda,
Sukunatni buzadi bir xonish sel ohangda,
Alla aytar mehrini taratib ming xil rangda,
Eng yoqimli qo'shiqni qalbida tuygan ayol,
Farzandi deb o'zini unutib qo'ygan ayol.

Xastalansa dilbandi boshida giryon halak,
Shu damda bir tutamdir uningchun yeru falak,
Bolasiga Ollohdan shifo so'rar jonsarak,
Dilbandim deb ko'ksini ko'zini o'ygan ayol,
Farzandi deb o'zini unutib qo'ygan ayol.

Adashganning nolasi

Adashganning nolasi Xudo, menga iymon ber, iymonimni yeb qo'ydim,Hayot yolg'on - ikkiga ikki beshdir deb qo'ydim.O'z oyog'im boshladi, jar tomon kelib qo'ydim,Ortimdan gumroh deya aytar meni, Xudojon,Boshqa qadam bosmayman, qaytar meni, Xudojon! Xayolimda qo'llarim osmonga tegib qoldi,Iymonimning eshigin ochmadim, bekik qoldi.