Tuya suti juda mazali va to'yimli sut mahsulotidir. Bu sut Sharq mamlakatlarida azaldan sevib iste'mol qilinadi. Oppoq, bir oz shirinroq ta'mga ega bo'lgan tuya suti jonzotning qanday ozuqa bilan oziqlangani va ichgan suvining sifatiga qarab uning mazasi o'zgarib turishi mumkin. Birlashgan Arab Amirliklari va O'rta Osiyoda tuya suti shifobaxsh xususiyati bilan qadimdan mashhur. Arablar tuya sutini har kuni iste'mol qilishadi. Undan qimiz, pishloq hatto muzqaymoq va kakao tayyorlanadi.