Backend, Frontend, Fullstack – ular nima?

Backend, Frontend, Fullstack – ular nima?
• Frontend – saytning tashqi qismi.
Saytning tashqi qismiga javobgar Frontend sanaladi. Siz saytga kirganingizda, har xil chiroyli animatsiyalar, o’zgacha dizayn va boshqa tashqi tarafda ko’rinuvchi elementlar ko’zga tashlanadi – Frontend. Unga HTML/CSS, Javascript kiradi.
• Backend – saytning ichki qismi.
Bu qismi bizga ko’rinmaydi. Ammo saytdagi asosiy ishni backend bajaradi desak mubolag’a bo’lmaydi. Mashinaning korpusi, uning tashqi ko’rinishini Frontend desak, mashinaning motori, dvigateli va turbo-sistemalari backendga kiradi. Ming chiroyli bo’lgani bilan, yurmaydigan mashina nima kerak? Python, PHP, Java, Go, Node.js – backend uchun tillar.
• Fullstack – Backend+Frontend.
Yana mashinaga qiyoslaydigan bo’lsak, bu Ferrari deylik. U ham chiroyli, ham tez. Ya’ni, motori zo’r, tashqi ko’rinishiga ham gap yo’q. Shuning uchun ham Fullstack dasturchilarga yaxshi to’lashadi, chunki ularni zimmasida saytning ham dizayni, ham server qismidir.