Turkcha somsa tayyorlsh

Turkcha somsa retsepti

Uy sharoitida tayyorlangan turkcha somsa nafaqat tamaddi uchun mukammal variant, balki mehmonlarni siylash uchun ham ajoyib taom bo’ladi. Ishtaha ochar obdor nachinka, qarsildoq xamir – juda mazali!

TURKCHA SOMSA TAYYORLASH RETSEPTI

Tayyorlash vaqti: 1,5 soat | Portsiyalar soni: 12

Kerakli masalliqlar:

    • Margarin yoki sariyog’ – 250 g;
    • Smetana – 250 g;
    • Un – 750-850 g;
    • Iste’mol sodasi – 1 chimdim;
    • Qiyma go’sht – 500 g;
    • Kartoshka – 2-3 dona;
    • Piyoz – 2-3 dona;
    • Tuz, murch, ziravorlar – ta’bga ko’ra;
    • Tuxum – 1 dona;
    • Kunjut – 1 osh qoshiq.

Tayyorlanishi

    • Chuqurroq idishga iste’mol sodasi qo’shgan holda un elab solinadi.
    • Muzlatilgan sariyog’ (sifatli margarindan ham foydalanish mumkin) pichoq yoki qirg’ichdan chiqarish orqali maydalanadi. So’ng unga qo’shib, qo’llar yordamida bir xil massadagi ushoq xosil bo’lguncha aralashtiriladi.
    • Keyin aralashmaga sekin-asta smetana qo’shgan holda (u biroz ko’proq yoki kamroq kerak bo’lishi mumkin) xamir qoriladi. Xamirdan zuvala yasalib, bir muddat sovutgichga qo’yiladi.
    • Ayni paytda somsa uchun nachinka tayyorlanadi. Piyoz mayda kubik shaklida, kartoshka esa ingichka somonchalar shaklida to’g’rab olinadi yoki qirg’ichning yirik tishi orqali o’tkaziladi. Masalliqlar qiymaga qo’shiladi.
    • Qiymaga ta’bga ko’ra tuz va murch solinadi. Xush ko’ruvchilar boshqa ziravorlar yoki quritilgan ko’katlar qo’shishlari ham mumkin. Barchasi yaxshilab aralashtiriladi va tayyor bo’lgan aralashmadan kichik ovalchalar shakllantiriladi.
    • Xamir un sepilgan yuzaga qo’yiladi va yupqa qilib yoyiladi. So’ng o’rtacha kenglikdagi uzunchoq kesimlarga ajratib olinadi. Turkcha somsa yanada chiroyli ko’rinishi uchun xamirni shakldor pichoq yordamida kesish mumkin.
    • So’ngra barchasi juda oddiy: har bir xamir bo’lagiga nachinka qo’yib o’rash va chetlarini mahkam qilib yopishtirib chiqish lozim.
    • Somsaning yuza qismiga tuxum surtib, biroz kunjut sepiladi. Yog’langan yoki pergament yoyilgan protivenga bir tekis qilib terib chiqib, 180 C gacha qizdirilgan pechda 35-40 daqiqa davomida pishiriladi.
    • Turk somsasi tayyor. Biroz sovigach, dasturxonga tomatli sous yoki sirka eritmasi va issiq choy bilan tortiq qilish mumkin. Yoqimli ishtaha!

Ko'p o'qilgan