Tovuq somsa
Kerakli masalliqlar:
-
-
- 10 dona tayyor saryog‘li varoq hamir
- 1 dona tuhum
- kunjut
- tuz
- zira
- kashnichdona
- murch
- 3 dona piyoz
- 6-7 dona tovuq oyoqchalari
- 3-4 osh qoshiq o´simlik yog‘i
-

Tovuqni suyagidan ajratib maydalab to‘g‘rab olamiz. Piyozni to‘rtburchak qlib to‘g‘raymiz. Ta‘bga ko‘ra tuz, zira, murch va kashnichdona sepamiz. Yog‘solib hammasini yahshilab aralashtirib olamiz.
Hamir o´rtasiga qiymamizdan solib chiqamiz.


Falga qog´ozini oddiy kabob cho´pga o´rab tayyorlab olamiz va qiyma o´rtasiga sanchib chiqamiz. Somsalarni yahshilab yopib tugib chiqamiz. Huddi rasmda ko´ringani kabi.


Tayyor tugulgan somsalarni ustiga tuhum surkaymiz va kunjutdan ko´pgina seoib chiqamiz.
200-220 daraja issiqlikda qizigan duhofkadan usti yahhsilab qizargunga qadar pishirib olamiz.


Tayyor somsalarni tovoqga terib hohishga ko´ra petrushka yoki boshqa ko´katlar bilan dasturxonga tortamiz.
Taomimiz tayor judaham mazali va mehmon kutish uchun ajoyib dasturxon ko´rki bo´ladi.

Yoqimli ishtaha!!!