Onam yopgan nonni sog’indim sherlar
Saxar turib ertalab.
Tandirga o’tin qalab.
Yopardilar issiq non.
Mehribonim onajon.
Dilimdagin topardi.
Sutli patir yopardi.
Kunlar shunday o’tardi.
Onam yopgan nonni sog’indim
Osh qilardi til yorar.
Sog’inchim ortib borar.
Ko’zi har kun yo’l qarar.
Onam yopgan nonni sog’indim
O’zga yurtni makon qilib.
Uy qadrini endi bilib.
Yolg’ondan yuramiz kulib.
Onam yopgan nonni sog’indim
Ba’zan ko’zlar yoshlanar.
Peshona-chi? Mushlanar.
Balki hayot endi boshlanar.
Onam yopgan nonni sog’indim
Yuramiz sanab kunlar.
Uyqu yo’q bedor tunlar.
O’tib ketar oy yillar.
Onam yopgan nonni sog’indim
Nasib uyga qaytamiz.
Bu kunlarni kutamiz.
Shu so’zlarni aytamiz.
Onam yopgan nonni sog’indim….