Ezgulik
Quloq soling do’stlar shu safar,
Unutilsin bari dard, azob.
Shukr deylik, turib tong sahar,
Yaxshilikka yozilar savob.
Puli yo’qni nazarga ilmay,
Davramizga qo’shmadikmi yo?
Yana kimni ranjitdik bilmay,
Deydilar-ku bu qaytar Dunyo!
Kimlarnidir g’iybat qilibon,
Gunoh qilib qo’ymadikmikan?
Kechirmasa gar o’sha inson,
Allohim ham kechirmasa ekan?
Ezgulikni barpo etaylik,
Yomonlikni yuqtirmay dilga.
Yaxshi inson bo’lib ketaylik,
Bu dunyodan so’nggi manzilga.