Ey odamlar
Qadamlar qadamlar mayda qadamlar
Xar yo’lga boshlaydi bizni qadamlar
Oqibat yo’qoldi qolmadi sabr
Izlanish kerak endi odamlar.
Kimningdur qalbida qahr va gina
Yaxshilik ortidan minnat bor yana
Ikki jon talashib o’rtanar tana
O’zgarish kerak endi odamlar.
Hayollar hayollar shirin hayollar
Qamrab olgan bizni har hil hayollar
Behuda ketmasin qadrlang vaqtni
Intilish kerak endi odamlar.
Manfatni ko’zlar mansabparaslar
Mengacha bo’lib o’tdi ko’p darslar
His tuyg’u yo’lin bog’laydi xirslar
Tavba qilish kerak endi odamlar.
Abdumalik yozar ming hilda mavzu
Shoir bo’lish unda eng kotta orzu
Iltifot shart emas oddi bir so’zu
Mehringiz yetadi yaxshi odamlar.
ABDUMALIK