Sabzi salat
Kerakli masalliqlar:
-
-
- 1 kg sabzi
- 2 dona baqlajon
- 1 dona qizil bulg’or qalampir
- kashnich
- ukrop
- 3-4 dona sarimsoq piyoz
- tuz
- 4-5 osh qoshiq salat yog’i
- 1 osh qoshiq uzum sirkasi yoki hohlagan sirka ishlatsangiz bo’ladi.
-

Eng avval baqlajonlarni suvga solib 20 daqiqa o´rta olovda pishirib olamiz. Baqlajonlarni katta yoki kichikligiga qarab ozroq yoki kamroq qaynatiladi. Sabzini qirg´ichdan o´tkazib olamiz. Bulg´or qalampirini ingichka somoncha qilib to´g´raymiz. Sarimsoq va ko´katlarni maydalab olamiz.


Sabziga tuz va uzum sirkasini solib aralashtirami. O‘yog‘ini gazda qizdirib olamiz . Sabziga sarimsoq va ko‘katlarni solamiz . Ustidan qizigan yog‘ni quyamiz va yahshilab aralashtiramiz. Pishgan baqlajonlarni kattaroq kubik shaklida maydalaymiz.

Barcha mahsulotlarni yahshilab aralashtiramiz. Salatimiz tayyor! Judaham chiroyli va mazali salatlardan biri bo´ladi.
