Qizilchali salat

Kerakli masalliqlar:
-
-
- 4 dona qaynatib pishirilgan qizilcha
- 4 dona kartoshka
- 2 dona sabzi
- 200-250 gram kalbasa
- 3 osh qoshiq mayonez
- tabga ko´ra tuz kerak bo´ladi.
-
Bizga o´rtacha kattalikda tarelka va bitta qolib kerak bo´ladi. Qolipni masalliqlarimiz chetiga chiqib ketib surkalib ketmasligi uchun ishimiz oson va unumli bo´lishi uchun foydalanamiz.
Qolipni tarelkaga qo´yib olamiz va eng birinchi mayonez surkaymiz.

Kartoshka va kalbasani maydalab to´g´rab olamiz va duhofkada pishiramiz. Duhofkada pishganda yog´siz va organizm uchun foyidali yog´siz bo´lib pishadi. Qizilcha qaynatib olinib sabzi qirg´ichdan o´tkaziladi. Tarelkaga mayonez surtgandan keyin qizilchani bir qismini yoyib chiqamiz. Yarmini tepasiga ishlatishga olib qo´yamiz. Pishgan kalbasani teng yarmini qizilchani ustiga solamiz.


Kalbasani ustiga ozroq mayonez surtib olamiz. Ustiga qirg´ichdan o´tkazilgan sabzini solamiz.


Yana ozroq mayonez surkab chiqamiz. Sabzini ustiga duhofkadan pishgan kartoshkamizni solamiz.
Yana kalbasa va sabzni birin ketin ketma-ketlikda solib chiqamiz.

Kartoshkani qolgan ohirgi qismini va mayonezni solib tekislaymiz . Olib qo´ygan qizilchamizni eng tepasiga yoyib tekislab olamiz va qolipni olib qo´yamiz. Ora orada ozroq tuz sepib chiqish yodingizdan chiqmasin. Ba´zi mayonezda tuz miqdori ko´proq bo´lib tuz ishlatmasa ham bo´ladi. Hamma uzini mayonezini mazasidan kelib chiqib tuz ishlatish yoki ishlaytmasligi mumkin.

Salatni tepa qismini hohishga qarab bezatishingiz mumkin. Man sabzi, petrushka va pomidor bilan bzatib dasturxonga tortdim. Salatimiz tayyor !

Yoqimli ishtaha!!!