Til haqida maqollar to’plami – tadbir va ochiq darslar uchun ayni kerakli yordamchi. Quyida turli darsliklar va manbalardan olingan maqol va hikmatli so’zlar sizning e’tiboringizga havola etiladi.
Yomon so’z va achchiq til haqida maqollar
- Achchiq savol berib, shirin javob kutma.
- Achchiq til – zahri ilon, chuchuk tilga – jon qurbon.
- Bemorga shirin so’z kerak, aqlsizga – ko’z.
- Gapi to’mtoqning o’zi to’mtoq.
- Gapi to’ngning o’zi to’ng.
- Yomon so’z egasiga qaytar.
- Yomon so’zlab sovutma, jon og’ritib ovutma.
- Ochiq til osh yedirar, achchiq til – tosh.
- Yomon gapning oyog’i olti.
- Zahar til suyakni yorar.
- Aytilgan so’z – otilgan o’q.
- Anjom uy ziynati, so’z inson ziynati.
- Ariqni suv bezar, odamni – so’z.
- Aytar so’zni ayt, aytmas so’zdan qayt.
Shirin va yaxshi so’zga oid
|
Donning achchig’i yaxshi, So’zning – shirini. |
Do’st orttiraman desang, Shirin suhbat qil. |
|
Yomon gap – bosh qozig’i, Yaxshi gap – jon ozig’i. |
Ovqatni tuz mazali qilar, Odamni – so’z. |
|
Iliq so’z – shakar, Sovuq so’z – zahar. |
Puling bo’lmasa, bo’lmasin, Shirin so’zing bo’lsin. |
|
So’zning boyligi – odamning chiroyligi. |
Shirin so’z shakardan shirin. |
|
Har kim o’z till bilan tirik. |
Hikmat – bir hovuch oltin. |
|
Bir tavakkal buzadi, Ming qayg’uning qal’asin. Bir shirin so’z bitkazar, Ming ko’ngilning yarasin. |
Ko’zdan ko’zing toysa, So’zdan ko’ngling toyar. |
Til haqida hikmatli so’zlar
O’zbek xalqining milliy maqollari juda ko’p, ularning til va unga yaqin bo’lgan mavzulardagi maqollaridan namunalar.
|
Bir yaxshi gap esdan chiqmas, Bir – yomon gap. |
Birovning o’zi g’ar, Birovning so’zi g’ar. |
|
Bug’doy noning bo’lmasin, Bug’doy so’zing bo’lsin. |
Gapda g’iybat yomon, Dardda – quyanchiq. |
|
Gapdan gap chiqar, Cho’pdan – xas. |
Gapi gapga o’xshamas, Og’zi gapdan bo’shamas. |
|
Gap egasini topar. |
Gapning yomoni pichir. |
|
Gapning ozi yaxshi, Qizning – nozi. |
Gapning qisqasi yaxshi, Qisqasidan hissasi yaxshi. |
|
Yomon gap yer tagida uch yil yotar. |
Yomon til yo jonga urar, |
|
Odam – so’zlashguncha, Yilqi – kishnashguncha. |
So’z chumchuq emas, Og’izdan chiqsa, tutib bo’lmas. |
|
Til bor, bol keltirar, Til bor, balo keltirar. |
Gapni gap ochar, Yomon gapdan qochar. |
|
Yomonning tili bor, Yaxshining – dili. |
Yomonning yuzi qursin, Gapirgan so’zi qursin. |
|
Ko’ngilsiz gapning kechikkani yaxshi. |
Yomon so’zning qanoti bor. |
|
Qo’yning qimmati – yungida, Odamning qimmati – so’zida. |
Yomonning yaxshi so’zidan, Yaxshining yomon so’zi yaxshi. |
|
Dushman orttiraman desang, Chaqirtikan bo’l. |
Yomon so’z bo’lmasa, Yaxshi so’z bo’lmaydi. |
|
Yomon til boshga balo keltirar, Yaxshi til davlat, dunyo keltirar. |
Issiq kiyim tanni ilitar, Issiq so’z jonni ilitar. |
|
Dunyoni yel buzar, Odamni – so’z. |
Ovni – oziq bilan, Odamni – so’z bilan. |
Yaxshi-yomon so’z va gaplar haqida maqol
- Go’sht-yog’ berma, yaxshi til ber.
- Duo bilan el ko’karar, yomg’ir bilan yer ko’karar.
- Duo olgan omondir, qarg’ish olgan yomondir.
- Yo’l quvgan xazinaga yo’liqar, so’z quvgan – baloga.
- Kishining o’zi yetmagan yerga so’zi yetar.
- Kuch egmaganni so’z egar.
- Ko’p gap – eshakka yuk.
- Mazali so’zga quloq charchamas.
- Ma’qul gapga qoruv yo’q.
- Ming chechanni bir ezma yengar.
- Muzdan suv tomar, so’zamoldan – bol.
- Odam so’zi bilan sinalar, osh – tuzi bilan.
- Oz gapir – soz gapir.
- Olim so’zi oz, oz bo’lsa ham soz.
- Orqadagi gap – og’ildagi tezak.
- Og’izga kelgan so’z arzon, ovulga kelgan bo’z arzon.
- Og’rigan joyga qo’l yugurar, og’ritar so’zga til yugurar.
- Pichir-pichirdan o’t chiqar.
- Sevdirgan ham til, bezdirgan ham til.
- Sen ham bir og’izdan, siz ham.
- Suv o’z yo’lini topar, so’z – o’z egasini.
Til – dil jarchisi.Til – aql bezagi.Til – aql tarozisi.
|
Suydirgan ham til, Kuydirgan ham til. |
So’z kaltada, Un xaltada. |
|
Suyaksiz til suyak sindirar. |
|
|
So’z ko’rki – maqol. |
So’z ojizi bo’lguncha, |
|
So’z emgak bo’lar, Bo’z – ko’ylak. |
So’zda qanquv yomon, Dardda – sanchuv. |
|
So’zdan so’zning farqi bor, O’ttiz ikki narxi bor. |
So’zdan so’z chiqar, So’zlamasang na chiqar. |
|
So’zlagandan so’zlamagan yaxshiroq, So’zlab edim, boshimga tegdi tayoq. |
So’zning yomoni – sanchiq, Dardning yomoni – quyonchiq. |
|
So’zning onasi – quloq, Suvning onasi – buloq. |
Tayog’i yo’g’on birni urar, So’zi yo’g’on mingni urar. |
|
Til – dil kaliti. |
|
|
So’z oyoqdan ilgari borar. |
So’zi nodurustning o’zi nodurust. |
|
So’zni bir ezmadan so’ra, Bir – kezmadan. |
Tanballik – kulfat, Mahmadanalik – ofat. |
|
Taom lazzati o’zida. Odam lazzati – so’zida. |
Til yugurigi – boshga, Oyoq yugurigi – oshga. |
|
Til yaxshisi bor etar, Til yomoni xor etar. |
Tilingda bo’lsa boling, Kulib turar iqboling. |
|
El bor yerda so’z bor. |
Uzun til – umr zavoli. |
|
Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz. |
Tilga e’tibor – elga e’tibor. |
|
Tig’ jarohati bitar, Til jarohati bitmas. |
Tilni bog’la dil bilan, Dilni bog’la til bilan. |
|
Tuzsiz oshning epi oson, Tuzsiz gapning epi qiyin. |
Uzun til – boshga to’qmoq, Bo’yinga – sirtmoq. |
|
Chin so’z – mo’tabar, Yaxshi so’z – muxtasar. |
Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar, Yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar. |
|
Toza suvni yer olar, Yaxshi so’zni el olar. |
Shirin so’z – qaymoqli ayron, Achchiq so’z – bo’yniga arqon. |
|
Til tig’i qilich tig’idan o’tkir. |
Fil ko’tarmaganni til ko’tarar. |
|
Til – dil tarjimoni. |
Maqollar: til haqida
- To’qson og’iz so’zning to’qsonta tuguni bor.
- Shakar ham tilda, zahar ham.
- Shirin so’z shoh kosasida suv ichar.
- Shirin yuzingdan shirin so’zing a’lo.
- Egasiz qarg’ish egasini topar.
- Eldagi gap – dildagi gap.
- Elni sevsang, elcha gapir.
- Ona tilim – jon-u dilim.
|
O’z aqling aqldir, Elning aqli naqldir. |
Yaxshi gapga quloq sol, Yomon gapga uloq sol. |
|
Yaxshi og’izga – osh, Yomon og’izga – tosh. |
Yaxshi so’z bo’ldiradi, Yomon so’z kuydiradi. |
|
Quloqdan kirgan sovuq so’z Ko’ngilga borib muz bo’lar. |
Qizil tilim bo’lmasa, qishlar edim elimda. Yashil tilim bo’lmasa, yayrar edim elimda. |
|
O’tarchining nashtari yeng ichida, Zahar xotin nashtari til uchida. |
Qizil tilim tiyolmadim, Qizimnikiga borolmadim. |
askinfo.uz