Forobiy uning taxallusi boÊ»lib, toÊ»liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn UzlugÊ» Tarxon – jahon madaniyatiga katta hissa qoÊ»shgan Markaziy osiyolik mashhur faylasuf, qomusiy olim. OÊ»rta asrning bir qancha ilmiy yutuqlari, umuman Yaqin va OÊ»rta Sharq mamlakatlarida taraqqiyparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivoji uning nomi bilan bogÊ»liq. Forobiy oÊ»z zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga katta hissa qoÊ»shganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanitganligi tufayli Sharq mamlakatlarida uning nomi ulugÊ»lanib, “Al-Muallim as-soniy” – “Ikkinchi muallim” (Aristoteldan keyin), “Sharq Arastusi” deb yuritilgan.
Forobiy turkiy qabilalardan boÊ»lgan harbiy xizmatchi oilasida, Sirdaryo qirgÊ»ogÊ»idagi Forob – OÊ»tror degan joyda tugÊ»ilgan. U tugÊ»ilgan hudud Somoniylar tomonidan boshqarilib, arab xalifaligining shimoliy chegarasi hisoblangan. Forobiy boshlangÊ»ich maʼlumotni ona yurtida oldi. SoÊ»ng Toshkent (Shosh), Buxoro, Samarqandda oÊ»qidi. Keyinroq oÊ»z maʼlumotini oshirish uchun arab xalifaligining madaniy markazi boÊ»lgan BagÊ»dodga keldi. BagÊ»dodda bu davrda musulmon dunyosining turli oÊ»lkalaridan, xususan Markaziy Osiyodan kelgan koÊ»p ilm ahllari toÊ»planishgan edi. U yerga bora turib Forobiy Eron shaharlari – Isfahon, Hamadon, Rayda va boshqa joylarda boÊ»ldi. Forobiy BagÊ»dodda al-Mutaddil (829-902), al-Muqtafiy (902-908), al-Muqtadir (908-932) xalifaliklari davrida yashadi. U bu yerda oÊ»rta asr fani va tilining turli sohalari, yunon falsafiy maktablari bilan chuqur tanishib, oÊ»zga diniy eʼtiqod, falsafiy fikrdagi kishilar bilan ilmiy muloqotda boÊ»ldi. Abu Bashar Matta ibn Yunusdan (870-940) yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Xiylon (860-920)dan tabobat va mantiq ilmini oÊ»rgandi. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda, u 70 dan ortiq tilni bilgan.
Taxminan 941 yildan boshlab Forobiy Damashqda yashagan. Shahar chekkasidagi bogʻda qorovul boʻlib, kamtarona kun kechirib, ilm bilan shugʻullangan. Soʻnggi yillar u Halab (Aleppo) hokimi Sayfuddavla Hamdamid (943-967) iltifotiga sazovor boʻldi. Tadqiqotchilar uning Halabdagi hayotini eng samarali davr hisoblaydilar. Chunki bu hokim hurfikrliligi, ilm-fanga eʼtibor berganligi bilan ajralib turgan. U Forobiyni saroyga taklif etadi, lekin Forobiy bunga koʻnmaydi, oddiy hayot kechirishni afzal koʻradi.
Forobiy 949-950 yillarda Misrda, soÊ»ng Damashqda yashab, shu yerda vafot etgan va “Bob as-sagÊ»ir” qabristoniga dafn qilingan deyiladi.
Forobiy oʻrta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarining qariyb barcha sohalarida 160 dan ortiq asar yaratgan. U turli bilimlarning nazariy tomonlari, falsafiy mazmuni bilan koʻproq qiziqqanligi uchun uning asarlarini 2 guruhga ajratish mumkin: 1) yunon faylasuflari, tabiatshunoslarining ilmiy merosini izohlash, targʻib qilish va oʻrganishga bagʻishlangan asarlar; 2) fanning turli sohalariga oid mavzulardagi asarlar.
Forobiy qadimgi yunon mutafakkirlari – Platon, Aristotel, Evklid, Ptolemey, Porfiriylarning asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa, Aristotel asarlari (“Metafizika”, “Etika”, “Ritorika”, “Sofistika” va b.)ni betafsil izohlab, qiyin joylarini tushuntirib bera olgan, kamchiliklarini koÊ»rsatgan, ayni vaqtda bu asarlarning umumiy mazmunini ochib beruvchi maxsus asarlar yaratgan. Forobiy sharhlari OÊ»rta va Yaqin Sharq ilgÊ»or mutafakkirlarining dunyoqarashini shakllantirishda, ularni Aristotel gÊ»oyalari ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega boÊ»ldi. Abu Ali ibn Sino Forobiy sharhlari (“Metafizika” – “Mobaʼdiy tabiat”)ni oÊ»qib, Aristotel asarlarini tushunganligini alohida taʼkidlaydi. Forobiyning sharh yozish faoliyati faqat Sharqnigina emas, oÊ»rta asr OvroÊ»posini ham yunon ilmi bilan tanishtirishda katta rol oÊ»ynadi. Bu faoliyat uning ilmiy faoliyati taraqqiyotining birinchi bosqichini tashkil etadi. Bu bosqich Forobiyga oÊ»ziga xos maktab xizmatini oÊ»tagan va yangi mavzularda tadqiqotlar olib borish uchun zamin hozirlagan.
Forobiyning bunday asarlarini mazmuniga qarab quyidagi guruhlarga boʻlish mumkin:
1) falsafaning umumiy masalalariga, yaʼni bilimning umumiy xususiyatlari, qonuniyatlari va turli kategoriyalariga bagÊ»ishlangan asarlar: “Substansiya haqida soÊ»z” (“Kalom fi-l javhar”), “Masalalar manbai” (“Uyunul masoil”), “Qonunlar haqida kitob” (“Kitob fi-l navomis”), “Falak harakatining doimiyligi haqida” (“Kitob fi-l harakat al-falaka doimatun”) va b.;
2) inson bilish faoliyatining falsafiy tomonlariga bagÊ»ishlangan, yaʼni bilishning shakllari, bosqichlari, usullari haqidagi asarlar. Mantiq (logika)ning turli muammolariga doir asarlari ham shunga kiradi: “Kattalarning aqli haqida soÊ»z” (“Kalom fi-l aql al-Kabir”), “Yoshlarning aqli haqida kitob” (“Kitob fi-l aql as-sagÊ»ir”), “Mantiq haqida katta qisqartma kitob” (“Kitob al-muxtasar al-kabir fi-l mantiq”), “Mantiqqa kirish kitobi” (“Kitob al-madxal ila-l mantiq”), “Isbot kitobi” (“Kitob al-burxon”), “Sillogizm shartlari kitobi” (“Kitob sharoit al-qiyos”), “Jon (ruh)ning mohiyati haqida risola” (“Risola fi mohiyat an-nafs”) va b.;
3) falsafa va tabiiy fanlarning fan sifatidagi mazmuni, tematikasi haqidagi asarlar: “Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi” (“Kitob fi ixso al-ulum va at-taʼrif”, qisqacha nomi “Ixso al-ulum”), “Falsafa tushunchasining maʼnosi haqida soÊ»z” (“Kalom fi maʼoni ism al-falsafa”), “Falsafani oÊ»rganishdan oldin nimani bilish kerakligi haqida kitob” (“Kitob fi ashyo allati yaxto-ju antallama kabl al-falsafa”). “Falsafaga izohlar” (“Taoliq fi-l hikmat”) va b.;
4) moddaning miqdori, fazoviy va hajmiy munosabatlarini oÊ»rganishga bagÊ»ishlangan, yaʼni matematika fanlari – arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqaga oid asarlar: “Hajm va miqdor haqida soÊ»z” (“Kalom fi-l xiyz va-l miqdor”), “Fazo geometriyasiga kirish haqidagi qisqartma kitob” (“Kitob al-madxal ila-l handasat al-vaxmiyati muxtasarsan”), “Astrologiya qoidalari haqida mulohazalarni toÊ»gÊ»rilash usuli haqida maqola” (“Maqola fi-l jihat allayati yassexxu alayxo al qavl bi axkom an-nujum”), “Musiqa haqida katta kitob” (“Kitob ul-musiqa al-kabir”), “Musiqa haqida soÊ»z” (“Kalom fi-l musiqiy”), “Ritmlar turkumlari haqida kitob” (“Kitob ul fi ixso-il-iqo”) va b.;
5) modda xossalari va turlarini, noorganik tabiatning, hayvonlar va inson organizmining xususiyatlarini oÊ»rganuvchi, yaʼni tabiiy fanlar – fizika, kimyo, optika, meditsina, biologiyaga bagÊ»ishlangan asarlar: “Fizika usullari haqida kitob” (“Kitob fi usul ilm at-tabiat”), “Alkimyo ilmining zarurligi va uni inkor etuvchilarga raddiya haqida maqola” (“Maqola fi vujub sanoat al-kimyo va-r radd ala mubtiluho”), “Inson aʼzolari haqida risola” (“Risola fi aʼzo al-insoniya”), “Hayvon aʼzolari toÊ»gÊ»risida soÊ»z” (“Kalom fi aʼzo al-hayvon”) va b.;
6) tilshunoslik, sheʼriyat, notiqlik sanʼati, xattotlikka oid asarlar: “Sheʼr va qofiyalar haqida soÊ»z” (“Kalom fi sheʼr va-l qavofi”), “Ritorika haqida kitob” (“Kitob fi-l xitoba”), “LugÊ»atlar haqida kitob” (“Kitob fi-l lugÊ»at”), “Xattotlik haqida kitob” (“Kitob fi sanʼat al-kitobat”) va b.;
7) ijtimoiy-siyosiy hayot, davlatni boshqarish masalalariga, axloq, tarbiyaga bagÊ»ishlangan, yaʼni huquqshunoslik, etika, pedagogikaga doir asarlar: “Baxt-saodatga erishuv yoÊ»llari haqida risola” (“Risola fi-t tanbih ala asbob as-saodat”), “Shaharni boshqarish” (“As-siyosat an-madaniya”), “Urush va tinch turmush haqida kitob” (“Kitob fi maoyish va-l xurub”), “Fazilatli xulqlar” (“As-siyrat al-fazila”) va b.
Forobiyning ilmiy merosi, umuman, oʻrta asr Sharqining madaniy-maʼnaviy hayotidan, tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-siyosiy masalalaridan juda boy maʼlumot beradi. Mutafakkir oʻz asarlarini oʻsha davrda Sharq mamlakatlarida ilmiy-adabiy til hisoblangan arab tilida yozadi. Forobiy shuningdek, arab va fors tillarida falsafiy mazmundagi sheʼrlar ham yozgan.
Forobiy asarlari XII-XIII asrlardayoq lotin, qadimiy yahudiy, fors tillariga, keyinchalik boshqa tillarga tarjima qilinib, dunyoga keng tarqalgan. SoÊ»nggi asrlarda koÊ»chirilgan nusxalari koÊ»p mamlakatlarning qutubxona va muassasalarida saqlanadi. Toshkentda Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida qadimgi Sharq faylasuflari asarlaridan jami 107 risolani, jumladan, Forobiyning 16 risolasini (arabcha) oÊ»z ichiga olgan “Hakimlar risolalari toÊ»plami” (“Majmuat rasoil al-hukamo”, QoÊ»lyozmalar fondi, 2385-in.) bor. Bu noyob qoÊ»lyozma Forobiy asarlarini oÊ»rganishda muhim ahamiyatga ega. ToÊ»plamdagi Forobiy risolalari 1975 yili qisman oÊ»zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi.
Forobiyning tabiiy-ilmiy fanlar haqidagi qarashlari “Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi” asarida batafsil yoritilgan. Kitobda oÊ»rta asrda maʼlum boÊ»lgan 30 dan ortiq fanning taʼrifi, ahamiyati koÊ»rsatib beriladi. Barcha fanlar 5 guruhga ajratiladi: 1) til haqidagi ilm (7 boÊ»lim – grammatika, orfografiya, sheʼriyat); 2) mantiq va uning boÊ»laklari; 3) matematika (arifmetika, geometriya, optika, astronomiya, musiqa, ogÊ»irliklar haqidagi ilm, mexanika); 4) tabiatshunoslik va metafizika (8 boÊ»lim – bashorat qilish, tibbiyot, alkimyo); 5) shahar haqidagi fanlar – siyosiy ilm, fiqh, kalom (etika, pedagogika).
Fanlarning bu tasnifi oʻz davrida ilmiy bilimlarni maʼlum tizimga solishning mukammal shakli boʻlib, bilimlarning keyinga rivoji uchun katta ahamiyatga ega boʻldi.
Shu narsa diqqatga sazovorki, Forobiy tabiiy va ijtimoiy fanlarni vazifasidan kelib chiqib toʻgʻri farqlagan. Uning talqinicha, matematika, tabiatshunoslik, metafizika fanlari inson aqlini bilimlar bilan boyitish uchun xizmat qilsa, grammatika, mantiq, sheʼriyat kabi ilmlar fanlardan toʻgʻri foydalanishni, bilimlarni boshqalarga toʻgʻri tushuntirish, yaʼni aqliy tarbiya uchun xizmat qilgan. Siyosat, axloq, taʼlim-tarbiyaga oid bilimlar esa kishilarning jamoalarga birlashuvini, ijtimoiy hayotga tegishli qoidalarni oʻrgatadi.
Forobiy insonning amaliy faoliyati uchun tabiiy fanlarning ahamiyatini yaxshi tushunadi. Bunday fanlarni u real narsalar haqidagi ilmlar deb ataydi. U yunon tabiatshunoslari Evklid, Ptolemey, Galen kitoblariga yozgan sharhlarida, oʻzining geometriyaga doir kitobida antik dunyo, oʻrta asr matematik gʻoyalarining yirik bilimdoni sifatida maydonga chikdi, matematikaning bir qancha murakkab kategoriyalari va mavhum tushunchalarini ilmiy nuqtai nazardan hal etish yoʻllarini qidirdi, xususan son haqidagi ehtimollik nazariyasi toʻgʻrisidagi gʻoyalarni boyitdi.
Forobiy “Yudduzlar haqidagi qoidalarda nima toÊ»gÊ»ri va nima notoÊ»gÊ»riligi toÊ»gÊ»risida” risolasida osmon jismlari bilan yerdagi hodisalar oÊ»rtasidagi tabiiy aloqalarni, xususan bulutlar va yomgÊ»irlar paydo boÊ»lishining Quyosh issiqligi taʼsirida bugÊ»lanishga sababiy bogÊ»liqligini yoki Oy tutilishi Yerning Kuyosh bilan Oy oÊ»rtasiga tushib qolishiga bogÊ»liq ekanligini koÊ»rsatgan edi. Bu bilan u osmon jismlariga qarab “fol ochuvchilar”ni fosh qildi. Forobiy arzon metallarni qimmatbaho metallarga aylantirishga urinuvchilarni (q. Alkimyo) tanqid qilib, kimyoga tabiiy ilmlarning bir qismi sifatida qaradi. Forobiy tabiblik bilan bevosita shugÊ»ullanmagan boÊ»lsa-da, nazariy tibbiyotni yaxshi bilgan. Uning tibbiy qarashlari “Inson aʼzolari haqida” risolasida bayon qilingan. U inson aʼzolarini, turli xil kasalliklar sababini, ularning paydo boÊ»lish sharoitlarini alohida-alohida oÊ»rganishni, organizmning salomatligini tiklash uchun kerakli oziq-ovqatlarga eʼtibor berishni qayd etadi. Insonning ruhiy va jismoniy holati tashqi omillar, muhit taʼsiriga bogÊ»liqligiga eʼtibor beradi. Uning tibbiyot vazifasi, maqsadi haqidagi qarashlari Ibn Sinoning bu haqdagi qarashlariga katta taʼsir koÊ»rsatdi.
Forobiy dunyoqarashining shakllanishiga asosan Sharqning qadimgi ilgʻor madaniyati anʼanalari, arab xalifaligiga qarshi xalq harakatlari, oʻrta asr tabiiy-ilmiy tafakkur yutuqlari, Yunonistonning falsafiy merosi taʼsir koʻrsatdi. Forobiy avvalambor Aristotel taʼlimotini tiklash, asoslash va ilgʻor tomonlarini soʻnggi ilmiy yutuqlar asosida rivojlantirishga harakat qilib, Sharq aristotelizm oqimini vujudga keltirdi. Bu oqimning uslubi, muhim masalalari, kategoriyalarini ishlab chikdi.
Forobiyning falsafiy taʼlimoti mohiyat-eʼtibori bilan anʼanaviy ilohiyot – kalomdan tubdan farq qilib, ilmiy gÊ»oyalar bilan yoÊ»gÊ»rilgandir. Forobiy falsafasiga koÊ»ra, olam yagona mavjudotdan iborat, yagona vujud – vujudi vojib, yaʼni azaliy vujud – birinchi sabab hamda vujudi mumkin – yaratilgan, kelib chiqqan vujudlar natijalaridan iboratdir. Alloh – azaliy vujud (vujudi vojib) hamma narsaning ibtidosi, barcha vujudlar – vujudi mumkin undan asta-sekinlik bilan pogÊ»onama-pogÊ»ona kelib chiqadi, buning soÊ»nggi pogÊ»onasi moddadir. Uning fikricha, tabiat moddaning turli shakllarining paydo boÊ»lishi, sabab-oqibat munosabatlari asosida, muayyan izchillik va zarurat boÊ»yicha kechadigan tadrijiy jarayondir. Forobiy “Masalalar mohiyati”, “OÊ»zgaruvchan narsalar haqida” risolalarida modda fazoda ham, vaqtda ham cheklanmagan, intihosiz degan fikrni ilgari suradi. Shu tarzda panteizmning Sharqdagi koÊ»rinishi vujudiyun taʼlimotini yangi gÊ»oyalar bilan boyitdi.
Borliqning kelib chiqishi haqida Forobiy taʼlimotida – mavjudot 4 unsur – tuproq, suv, havo, olovdan tashkil topadi; osmon jismlari ham shu unsurlarning birikuvidan vujudga keladi. Moddiy jismlarning oÊ»zaro farq qilishiga sabab, ularning ibtidosidagi unsurlarning turlicha boÊ»lishidir: olov – issiqlik sababi; suv – sovuqlik, namlik; tuproq – qattiqlik sababi. Forobiy butun mavjudotni sabab va oqibat munosabatlari bilan bogÊ»langan 6 daraja (sabab)ga boÊ»ladi: Alloh (as-sabab al-avval), osmon jinslari (as-sabab as-soniy), aql (al-aql al-faol), jon (an-nafs), shakl (as-surat), materiya (al-modda). Bulardan Alloh – vujudi vojib, yaʼni zaruriy mavjudliqdir, qolganlari esa – vujudi mumkin, yaʼni imkoniy mavjud narsalardir. Bular bir-birlari bilan sababiy bogÊ»langan.
Forobiy uchun dunyo gʻuncha boʻlib, asta-sekin oʻzining rang-barang tomonlarini va bitmas-tuganmas boyliklarini tobora koʻproq namoyon qilib ochila boradi. Borliqning bunday talqini tabiiy-ilmiy gʻoyalarning yanada rivojlanishi uchun keng yoʻl ochdi. Abu Ali ibn Sino va undan keyingi mutafakkirlar oʻzlarining falsafiy qarashlarida shu borliq tizimi asosida ish olib bordilar.
Ilm, bilish va aql haqidagi taʼlimot Forobiy asarlarida izchil va mukammal ishlangan. Ilm olish masalasiga u inson mohiyatini tushuntirib berishning tarkibiy qismi sifatida qaradi.
Forobiy fikricha, insonning bilishini, ruhiy qobiliyatlarini miya boshqaradi, yurak esa barcha aʼzolarni hayot uchun zarur boÊ»lgan qon bilan taʼminlovchi markazdir, barcha ruhiy “quvvatlar”, jumladan bilish qobiliyati muayyan aʼzoga bogÊ»liq.
Forobiy “Ilm va sanʼatning fazilatlari” risolasida tabiatni bilishning cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga, sifatlardan aksidensiya (al-oraz)dan substansiya – mohiyat (javhar)ga qarab borishini ilmning borgan sari ortib, chuqurlashib borishini taʼkidlaydi.
Insonning ibtidosida, avvalo “oziqlantiruvchi quvvat” paydo boÊ»lib, uning yordamida inson ovqatlanadi. Shundan soÊ»ng “tashqi quvvat”, yaʼni bevosita tashqi taʼsir natijasida sezgi organlari orqali vujudga keluvchi “quvvat”lar – 5 turlidir: teri-badan sezgisi; taʼm bilish sezgisi; hid bilish sezgisi; eshitish sezgisi; koÊ»rish sezgisi. Bularning hammasini Forobiy “hissiyot quvvati” (“quvvai hissiyya”) deb atab, hissiy bilish qismlari sifatida qaraydi. “Ichki quvvat”ga esda olib qolish, xayol (xotira, tasavvur), his-tuygÊ»u, nutq (fikrlash) “quvvat”lari kiradi. “Ichki quvvat”da Forobiy aqliy bilish bosqichini nazarda tutadi. Ilmni egallash shu quvvatlar orqali amalga oshiriladi.
Forobiy bilish jarayoni har 2 bosqichga bogʻliqligini, aqliy bilish hissiy bilishsiz vujudga kelmasligini alohida taʼkidlaydi.
Forobiy “Aql maʼnolari haqida” risolasida aql masalasini chuqur talqin qiladi. U aql bir tomondan, ruhiy jarayon, ikkinchi tomondan, tashqi taʼsir – taʼlim-tarbiyaning natijasi ekanligini uqdiradi. Forobiy fikricha, aql faqat insongagina xos boÊ»lgan tugÊ»ma quvvat – ruhiy kuch bilan bogÊ»liq.
Forobiyning aql, umuman bilish haqidagi taʼlimotida mantiq (logika) ilmi muhim oÊ»rin tutadi. “Mantiq sanʼati kishiga shunday qonunlar haqida maʼlumot beradiki, – deb yozgan edi u, – bu qonunlar vositasida aql chiniqadi, inson sogÊ»lom fikr yuritishga oÊ»rganadi”. Forobiy mantiq ilmi bilan grammatika oÊ»rtasidagi mushtaraklikni qayd etadi: mantiqning aqlga munosabati grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yoÊ»ldan olib borish uchun aqlni toÊ»gÊ»rilab turadi.
Forobiy logikasi musulmon Sharqidagi soʻnggi mantiqqa oid fikrlarning rivojiga katta turtki berdi.
Forobiyning bilish, mantiq, aql haqidagi fikrlari uning inson haqidagi taʼlimoti uchun xizmat qiladi, unga boʻysundirilgandir. Aqlga ega boʻlish, bilimli, mantiqli boʻlish bilan chegaralanmay, u maʼlum axloqiy prinsiplarga, axloqiy madaniyatga egalik bilan yakunlanishi kerak.
Forobiy aqlli inson haqida gapirib bunday yozadi: “Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, oÊ»tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishga zoÊ»r isteʼdodga ega, yomon ishlardan oÊ»zini chetga olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar. Yomon ishlarni oÊ»ylab topish uchun zehn-idrokka ega boÊ»lganlarni aqlli deb boÊ»lmaydi, ularni ayyor, aldoqchi degan nomlar bilan atamoq lozim”.
Forobiy oÊ»rta asrlar sharoitida birinchi boÊ»lib jamiyatning kelib chiqishi, maqsad va vazifalari haqida izchil taʼlimot yaratdi. Bu taʼlimotda ijtimoiy hayotning koÊ»p masalalari – davlatni boshqarish, taʼlim-tarbiya, axloq, maʼrifat, diniy eʼtiqod, urush va yarash, mehnat va boshqalar qamrab olingan.
Forobiy “Fozil shahar aholisining maslagi” risolasida jamiyat (“inson jamoasi”)ning kelib chiqishi haqida bunday yozadi: “Har bir inson tabiatan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun koÊ»p narsalarga muhtoj boÊ»ladi, u bir oÊ»zi bunday narsalarni qoÊ»lga kirita olmaydi, ularga ega boÊ»lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tugÊ»iladi… Bunday jamoa aʼzolarining faoliyati bir butun holda, ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur boÊ»lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari koÊ»paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga oÊ»rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi”.
Forobiy shaharni ijtimoiy uyushishning yetuk shakli, insoniyat kamolotga erishishining zaruriy vositasi, deb hisoblaydi. Butun insonlarni oÊ»zaro hamkorlikka, xalqlarni tinchlikka chaqiradi, dunyoda yagona inson jamoasini tuzish haqida orzu qiladi. mutafakkir inson qadr-qimmatini kamsituvchi jamiyatga qarshi chiqadi. “Davlat arbobining hikmatlari” risolasida esa u doimiy urushlar va bosqinchilikka asoslanuvchi jamiyatni adolatsiz, johil jamiyat sifatida qoralaydi.
Forobiy oʻzining fozil jamoasida odamlarni turli belgilarga qarab guruhlarga boʻladi. Kishilarning diniy mazhabiga, millatiga, irqiga qarab emas, balki tabiiy xususiyatlariga, qobiliyatlariga, avvalo aqliy iqtidoriga hamda ilmlarni oʻrganish, hayotiy tajriba toʻplash jarayonida orttirgan bilim va koʻnikmalariga katta ahamiyat beradi. Itoatkorlikka daʼvat etuvchi taʼlimotlarni keskin qoralaydi.
Forobiy “Baxt-saodatga erishuv yoÊ»llari haqida risola”, “Baxt-saodatga erishuv haqida risola” asarlarida oÊ»zining orzu qilgan fozil jamiyatini yana ham yorqin tasvirlaydi. “Davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib borishdir, – deb yozadi u, – bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qoÊ»lga kiritiladi”. Forobiy davlatni yetuk shaxs (monarxiya), yetuk xislatlarga ega boÊ»lgan bir necha shaxslar (aristokratiya) va saylangan shaxslar (demokratiya) yordamida boshqarish shakllarini qayd etadi.
Forobiy jamiyat oʻz rivojida yetuklikka tomon intilishi, shuning uchun kurash olib borishi va nihoyat fozil jamiyat, fozil shahar darajasiga koʻtarilishi haqida fikr yuritadi.
U shunday yozadi: “Fozil jamiyat va fozil shahar (yoki mamlakat) shunday boÊ»ladiki, shu mamlakatning aholisidan boÊ»lgan har bir odam kasb-hunar bilan shugÊ»ullanadi. Odamlar chin maʼnosi bilan ozod boÊ»ladilar… Ular orasida turli yaxshi odatlar, zavq-lazzatlar paydo boÊ»ladi”. Forobiy bunday fozil jamoani boshqaruvchi podshoh, rahbarlarga ham maʼlum talablar qoÊ»yadi. U xalq haqida doimo gÊ»amxoÊ»rlik qilishi, boshqalar manfaatini oÊ»z manfaatidan ustun qoÊ»ya bilishi zarur. Bunday jamoani idora etuvchi yoki idora etuvchilar guruhi oÊ»zlarida muhim olti xislatni ifodalashlari kerak, yaʼni adolatli, dono boÊ»lishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata olishi, kelgusini oldindan koÊ»ra bilishi, boshqalarga gÊ»amxoÊ»r boÊ»lishi kerak.
Forobiyning fozil jamoa haqidagi taʼlimoti, uning komil inson haqidagi fikrlari bilan uzviy bogʻlanib ketadi. Fozil jamoada komil inson xislatlari vujudga keladi. Masalan, axloq-odobli yetuk inson oʻn ikki fazilatga ega boʻlmogʻi lozim. Bu fazilatlar insonlarning oʻzaro munosabatlari mustahkamlanib, yaxshilik tomon yoʻnalishida vujudga kela boradi. Forobiyning fozil jamoa va komil inson haqidagi taʼlimotlari soʻnggi olim-mutafakkirlarga katta taʼsir koʻrsatdi.
Umuman olganda Forobiyning fozil jamiyati, komil insoni baxt-saodat, oʻzaro yordam, dono boshliq, tenglik haqidagi fikrlari oʻz davri uchun xayoliydir. Lekin insonni maʼnaviy ozod etishga, uning imkoniyatlarini ochishga, gumanistik yoʻnalishni asoslashga qaratilgan bu taʼlimot ilgʻor ijtimoiy tafakkur taraqqiyotiga buyuk hissa boʻlib qoʻshildi. Umumbashariy intilishlarni ifodaladi. Uning ijtimoiy gʻoyalari keyinchalik soʻnggi mutafakkirlar: Abu Rayhon Beruniy, ibn Sino, ibn Rushd, Baxmanyor, Nizomiy, Saʼdiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bedil, Iqbol, Ahmad Donish va boshqalar ijodida rivojlantirildi.
Forobiy “Musiqa haqida katta kitob” degan koÊ»p jildli asari bilan oÊ»rta asrning yirik musiqashunosi sifatida ham mashhur boÊ»ldi. U musiqa ilmini nazariy, amaliy tarmoqlarga, kuylarning ichki tuzilishi, qonuniyatlarini hisobga olib taʼrif va ilmi iqoga ajratadi.
Forobiy musiqa nazariyasida tovushlar vujudga kelishining tabiiy-ilmiy taʼrifini beribgina qolmay, kuylar garmoniyasining matematik prinsiplarini ochadi, turli jadvallar, geometriya qoidalari asosida koʻplab murakkab chizmalar keltiradi. U Sharq musiqasining ritmik asosini dalillar bilan sharhlab beradi. U ritmlarni tashkil etgan zarb birliklari boʻlmish naqralar, ularning birikmasidan hosil etiladigan ruknlarning turli xillari asosida yaratiladigan ritm oʻlchovlari va turlarini yoritib bergan.
“Musiqa haqida katta kitob”da faqat musiqa nazariyasi va tarixi bayon etilmay, Sharqda maʼlum boÊ»lgan rubob, tanbur, nogÊ»ora, ud, qonun, nay kabi musiqa asboblari hamda ularda kuy ijro etish qoidalari tafsiloti ham berilgan. Forobiyning oÊ»zi mohir sozanda, bastakor, manbalarda yangi musiqa asbobini ixtiro etganligi, unda nihoyatda taʼsirchan kuylar yaratgani qayd etiladi. Forobiy musiqaga inson axloqini tarbiyalovchi, sihat-salomatligini mustahkamlovchi vosita deb qaragan. Uning musiqa sohasida qoldirgan merosi musiqa madaniyati tarixida olamshumul ahamiyatga ega.
Forobiy oÊ»z davridayoq buyuk olim sifatida mashhur boÊ»lgan. Sharq xalqlarida u haqda turli hikoya, rivoyatlar vujudga kelgan. OÊ»rta asr olimlaridan ibn Xallikon, ibn al-Qiftiy, ibn Abi Usabiʼa, Bayhaqiylar oÊ»z asarlarida Forobiy ijodini oÊ»rganib, uning gÊ»oyalarini rivojlantirganlar. Xususan, ibn Rushd Forobiy asarlarini oÊ»rganibgina qolmay, ularga sharhlar ham (“Sillogizmga nisbatan al-Forobiyning fikri”, “Abu Nasrning mantiqqa doir asarida ifodalangan fikrning bayoni” “Al-Forobiy, xususan uning “Organon” izohlariga turli sharhlari” va b.) yozdi. Averroizm nomi bilan mashhur boÊ»lgan uning falsafiy taʼlimotining shakllanishi dastlab Forobiy va ibn Sino faoliyati bilan bogÊ»liq. Averroizm ilmiy tendensiyalarni ifodalovchi ilgÊ»or yoÊ»nalish sifatida keng yoyilgan va UygÊ»onish davrining koÊ»p ilgÊ»or mutafakkirlari dunyoqarashiga taʼsir koÊ»rsatgan.
Taraqqiyparvar insoniyat Forobiy ijodiga hurmat bilan qarab, uning merosini chuqur oʻrganadi. Ovroʻpo olimlaridan B. M. Shtrenshneyder, Karra de Vo, T. U. Buur, R. Xammond, R. de Erlanje, F. Deteritsi, G. Farmer, N. Rishar, G. Ley, Sharq olimlaridan Nafisiy, Umar Farrux, Turker, M. Maxdi va boshqalar Forobiy merosini oʻrganishga muayyan hissa qoʻshdilar. Keyingi yillarda uning ijodi va taʼlimotiga bagʻishlangan bir qancha tadqiqotlar, asarlar yuzaga keldi.
Oʻzbekiston va Qozogʻistonda Forobiy nomiga qoʻyilgan koʻcha, maktab va kutubxonalar mavjud.
“Maʼnaviyat yulduzlari” (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999) kitobidan olindi.