Asosiy/ Windows/ USB fleshka yoki SD-karta orqali windows o’rnatish

USB fleshka yoki SD-karta orqali windows o'rnatish

USB fleshka yoki SD-karta orqali windows o'rnatish

USB FLEShKA YoKI SD-KARTA ORQALI WINDOWS 7 O'RNATISh

Bu maqolada man sizlarga USB yoki telefon fleshkasi orqali komp'yuterga operasion tizim qo'yishni tushuntiraman. Bu operasion tizim o'rnatishning juda foydali va qulay usuli hisoblanadi. NetBook egalari! bu maqola asosan sizlar uchun.

Demak boshladik, diqqat bilan har bir qadamni to'g'ri bajarishga harakat qiling. Man o'zim shu orqali operasion tizim qo'yishga erishdim.

USB-flesh ni Windows 7 yuklanishi(zagruzkasi) uchun tayyorlaymiz.

1. USB-flesh olamiz: eng kami 4GB bo'lsin, SD-karta ham bo'laveradi. USB portga ulaymiz. Extiyotkorlik zarar qilmaydi, chunki USB-fleshka ichidagi ma'lumotlaringizdan ayrilishingiz aniq.

2. Windows'da CMD.EXE'ni ishga tushiramiz. Bu nimaligini bilmaganlar uchun )))) eslatib o'taman: PUSK->VIPOLNIT'->CMD'ni terib ENTER tugmasini bosamiz. ekranda qora fonli oyna chiqadi. Administrator ruxsati bilan bo'lsin albatta!!!

3. Disklarni boshqaruvchi buyruq diskpart komandasini teramiz, so'ng DISKPART> taklifini kutamiz. Kutishning zarari yo'q, o'rganasiz.

4. List disk komandasini terib, u yerdan o'zimizning fleshkamizni topib olamiz. Fleshka nomi odatda Disk1 deb nomlanadi, lekin boshqacha ham bo'lishi mumkin.

5. select disk # (bu erda # - bizning USB-drayv nomeri, 4 - punktda olingan nomer) - select disk1'ni teramiz. Bundan keyingi barcha operatsiya ushbu USB-fleshka ichida amalga oshirilishini anglatadi.

6. Clean'ni teramiz!!! Alvido mening ma'lumotlarim!!!

7. USB-fleshkada yangi bo'lim yaratish(sozdat') uchun - create partition primary'ni teramiz.

8. select partition1 teramiz, so'ng uni aktivlashtiramiz. Aktivlashtirish uchun Active komandasini teramiz.

9. Aktivlashtirilgan bo'limni NTFS fayl tizimida ishlashi uchun format format fs=NTFS'ni teramiz va formatlaymiz.

10. Keyingi komanda ASSIGN. Qurilmani ulash jarayonini aktivlashtirish, ya'ni hosil qilingan bo'limlar(razdellar) uchun xarflar olamiz. Ba'zi komp'yuterlar bu buyruqdan so'ng yangi fleshka komp'yuterga ulandi degan xabar beradi.

11. Lirik chekinish qilamiz. Man har doim ishim xatosiz ketayotgan bo'lsa, biroz lirik chekinish qilaman.

Demak eshiting:

a. Ikki pashsha shiftga ko'nib turibdi. Birinchisi debdi:>

- Odamlar ahmoq-da!

- Nega?

- Shiftni bezash uchun shu-u-ncha pul sarflashadiyu, o'zlari polda yurishadi.

b. Seli v mashinu, komp'yutershik, noviy russkiy i slesar'. Zavodyat - ne zavodisya. Slesar' govorit:

- Seychas ya glyanu, chto sluchilos', vse sdelayu - i poedem.

Noviy russkiy govorit:

- Sidi, ya seychas po sotovomu pozvonyu, priedet brigada masterov i vse bistro sdelaet.

A komp'yutershik govorit:

- Mojet, vse viydem iz mashini i snova zaydyom?

)))) mana kulishib ham oldik endi davom ettiramiz.

12. Diskpart'dan chiqish uchun exit'ni teramiz.

USB-drayv keyingi jarayonlar uchun tayyor.

Diqqat Diqqat!!! Windows 7 distributivlaridan biri yozilgan DVD-diskni olamiz.

12. So'ng ya'na bir bor CMD.EXE oynasini ochamiz.

13. Disk uchun atalgan harfga o'tamiz. Misol uchun G:

14. CD\BOOT - distributivning boot katalogiga o'tamiz.

15. Keyingi komanda bootsect /nt60 I: - komanadasini teramiz, bu erda I: - biz tayyorlagan USB-fleshka uchun berilgan xarf. Ushbu komanda I: diskdagi zagruzchikni Windows 7 zagruzkasi uchun to'g'iplab beradi.

Biz ishlayotgan Operasion tizim va USB-fleshkaga zagruzchiki o'rnatilayotgan Windows 7 distributivi bir xil bitga ega bo'lishi kerak(32 bit yoki 64 bit).

Shundan so'ng o'rnatiladigan Windows 7 o'rnatma paketlari USB-fleshkaga ko'chiriladi. Buni komandalar qatorida xcopy yoki robocopy komandalari yordamida bajarsa ham bo'ladi. Yoki oddiygina ko'chirib qo'yish ham mumkin (CTRL+C va CTRL+V).

16. Endi bemalol netbukka USB-fleshkani ulab, Windows 7 ni o'rnatish mumkin.



O'xshash maqolalar