Asosiy/ Windows/ Ish stolini diskka ko'chirish

Windows "Рабочий стол"ni boshqa diskka ko'chirish

Windows

Windows "Рабочий стол"ni boshqa diskka ko'chirish

"Рабочий стол" odatda Windows'ning C diskiga joylashgan bo'ladi, bu ba'zi noqulayliklani keltirib chiqaradi. Misol uchun, tizim ishlaydigan C disk to'lib qolishi, Windows'ni qaytadan o'rnatishda kerakli fayllarni o'chib ketishi.

Shu sababli, "Рабочий стол"ni boshqa diskka ko'chirib quyishni tavsiya qilaman, buning uchun:

1. Quyidagi papkani ochamiz: C:\users\farhod
yoki rus tilida
C:\пользователи\farhod
farhod - bu Windows'ga ulangan foydalanuvchi nomi(sizda boshqacha bo'ladi).
2. U yerdan "Рабочий стол" papkasini topamiz va "Свойство"siga kiramiz.
3. Hosil bo'lgan oynadan, "Расположение" vkladkasida "Рабочий стол" qayerga saqlanish kerakligi berilgan.
4. "Переместить" orqali biror boshqa joyni tanlaymiz, misol uchun:
D:\robochiy
5. Shundan so'ng, ko'rsatilgan joyga "Рабочий стол"dagi fayl va papkalar ko'chadi.

Bunda "Рабочий стол" da hech narsa o'zgarmaydi, lekin fayl va papkalar D diskka o'tadi, u yerdan hech narsani o'chirmag, o'chirsangiz "Рабочий стол"dan ham o'chib ketadi.



O'xshash maqolalar