Asosiy/ Tibbiyot olami/ Uyquga to'yish

Uyquga to'yib uyg'onish sirini

Sidney universitetida faoliyat olib boruvchi tibbiyot fanlari doktori Karmel Xarrington nima uchun insonlar sakkiz soat davomida uxlab turganlaridan keyin ham o'zlarida charchoq va uyg'uga to'ymaganlik hissini tuyishlari haqida ma'lum qildi.

Xabarda aytilishicha, bu turdagi muammo ma'lum bir tartibga amalga qilmaslik sabab yuzaga keladi. Har kun bir vaqtda uxlab, bir vaqtda turish lozim. Aks holda bu uyqu sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

"Aksariyat odamlar uyg'onish payti uxlash paytiga ta'sir qilishini tushunmaydilar" - deydi doktor. Uning aytishicha, inson uyg'ongan va yorug'likni ko'rgan paytda miyada melatonin ishlab chiqarila boshlaydi va bu sutkalik ritmlarni nazorat qiladi. Aynan shu nuqtada esa individual "Biologik soatlar" belgilanadi.

Mutaxassis fikricha, bunday kun tartibini biroz o'zgartirish mumkin, ammo ushbu o'zgartirish vaqti oralig'i 60 daqiqadan oshib ketmasligi kerak.

O'xshash maqolalar