Asosiy/ Tibbiyot olami/ Soch to‘kilishini qanday to‘xtatish

Soch to'kilishini qanday to'xtatish mumkin?

Sog'lom turmush tarzi va ovqatlanish ratsioni sog''ikni va yoshlikni saqlovchi muhim omil hisoblanadi. Shunga qaramay, ko'pchilik mahsulotlarning tarkibiga emas, balki uning tashqi ko'rinishi va ishtaha ochar iforiga qarab tanlaydi. Bu esa organizmda vitamin va minerallarning kamayishiga sabab bo'ladi.

Shuning uchun oziq-ovqat mahsulotlarini tanlayotganda uning tarkibidagi shifobaxsh vitamin va minerallarning miqdori hamda organizmga nechog'lik foydali ekanini hisobga olishni unutmang.

Xo'sh, qanday mahsulotlar darmondorilarga boy?

Masalan, sut va sut mahsulotlarida kalsiy moddasi juda ko'p.
Xrom esa bug'doy non, vino, ustritsa (yesa bo'ladigan dengiz mollyuskasi) tarkibida mavjud.
Mis moddasi rezavor sabzavotlar, tuxum, tovuq go'shti, qo'ziqorin, loviya, bodom, pista va oshqovoq urug'ida yetarlicha bor.
Sarimsoq, xurmo va qora smorodina yodning koni sanaladi.
Ruxni taomlarga ishlatiladigan ko'katlar, tuxum sarig'i, dengiz mahsulotlari va baliq tarkibidan topish mumkin.
Go'sht, marjumak, tuxum, olma, dengiz karami, dukkakli o'simliklar va kakaoda temir moddasi mavjud.
Beta-karotin antioksidant sifatida bosh terisining salomatligiga javob beradi. Uni sabzi, karam, ismaloq, baliq va jigardan topasiz.
S, Ye vitaminlari va V guruhidagi vitaminlar (V3, V5, V6, B7, B12) bosh miyada qon aylanishini yashilaydi va teri salomatligini saqlaydi. Bu vitaminlarni dukkali mahsulotlar, poliz ekinlari, sabzavot va ko'katlardan istalgancha olish mumkin.

Bundan tashqari, foli kislotasi yordamida organizmdagi eski hujayralar o'rnini yangi hujayralar egallashi va to'kilgan soch o'rnidan yangi soch o'sib chiqishi mumkin. Shuning uchun siz tarkibida foli kislotasi serob bo'lgan meva va sabzavotlardan (ismaloq, sarsabil, salat bargi, sholg'om, lavlagi, apelsin, sarimsoq, bug'doy, soya doni, loviya, guruch, qovurilgan jigar, losos (go'shti qizil baliq) kabilarni ko'proq iste'mol qiling.

Foli kislotasiga boy meva va sabzavotlar nafaqat soch tolasini mustahkamlaydi, balki inson salomatligi uchun ham juda foydali. Agar siz bunday mahsulotlarni doimiy iste'mol qilsangiz, bir qancha kasalliklardan xalos bo'lasiz. Jumladan, u oshqozonda hazm jarayonini yaxshilaydi, diareya, uyqusizlik, tutqanoq, depressiya, tez achchiqlanish, ishtahaning yo'qolishi, og'izning achchiq bo'lib qolishi, allergik reaksiyalarning kuzatilishiga nuqta qo'yadi.



O'xshash maqolalar