Asosiy/ Tibbiyot olami/ Gemorroy kasalligi - sabablari, alomatlari

Gemorroy qanday kelib chiqadi?

Gemorroy qanday kelib chiqadi?
Menga gemoroy haqida to'liq ma'lumot bering, iltimos. Qanday kelib chiqadi, alomatlari va davosi haqida.
Javobingiz uchun rahmat.
Bavosil yoxud gemorroy haqida
Bavosil (Gemorroy) - to'g'ri ichak venalarini kengayishi bo'lib, ular tugunlar ko'rinishida anus sohasiga bo'rtib turadi. Kasallikka moyillik keltiruvchi va keltirib chiqaruvchi ko'plab sabablar 2 guruhga bo'linadi:
1. To'g'ri ichakni, orqa chiqaruv teshigini va ularning venoz tizimini tug'ma o'ziga xos tuzilishi.
2. Endo- va ekzokrin omillarning keyingi zararli ta'sirlari.
Zamonaviy klinik qarashlarga ko'ra gemorroyga gemorroidal tugunlardagi xilma xil patologik jarayonlarga oid deb qarash lozim (qon ketish, ichki tugunlarning tushishi, tromboz, yallig'lanish, tashqi tugunlarning nekrozi va yiringlashi, hakozolar). Gemorroy bilan voyaga yetgan odamlarning 10 % dan ko'progi og'riydi. Adabiyotlardagi ma'lumotlarga asoslangan holda gemorroy kelib chiqishini tushuntiradigan quyidagi nazariyalarni keltirish mumkin:
1. Anorektal soha venoz tizimining tug'ma yetishmovchiligi nazariyasi;
2. Mexanik nazariya - unga ko'ra venoz bosimi oshishi munosabati bilan gemorroidal venalarda varikoz o'zgarishlar bo'lishi aytiladi;
3. O'sma nazariyasi - unga ko'ra gemorroy o'sma hisoblanadi;
4. Infeksion nazariya;
Ba'zi kasalliklar, masalan, xafaqon (gipertoniya) kasalligi, yurak - o'pka kasalliklarida qon aylanishining katta aylanasida noturg'unlik bo'lishi ham gemorroy rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda gemorroy asosiy kasallikning simptomlaridan biri bo'ladi va operativ davolanmaydi (agar asoratlari bo'lmasa!).
Klinik kechishi va shakllari
Gemorroy darak beruvchi belgilar davri bilan boshlanadi (anal teshigi sohasida nohush sezgi, yengil kichish). Bu davr bir necha oydan bir necha yillargacha davom etishi mumkin. Keyinchalik qon ketish paydo bo'ladi va ayrim holatlarda, uzoq davom etayotgan gemorroyda anemiya rivojlanishi mumkin. Surunkali gemorroy anal teshigi sohasidagi og'riqlar (defekasiya vaqtida va parhez buzilganda) bilan kechadi. Keyingi davrda ichki gemorroidal tugunlarning tashqariga tushib qolishi kuzatiladi. Gemorroydagi simptomlar triadasi: tugun (shish), og'rik va qon ketish.
Ichki gemorroidal tugunlar tushishida 4 ta bosqich ajratiladi:
1. Tugunlar kuchanish paytida tushadi va keyin mustakil tug'rilanib ketadi.
2. Tugunlar kuchanish vaqtida tushadi, lekin mustaqil to'g'rilanmaydi.
3. Tugunlar piyoda yurgan vaqtda tushib qoladi va bemor o'zi to'g'rilab qo'ymaguncha to'g'rilanmaydi.
4. Tugunlar doimo tushib turadi va to'g'rilab qo'yilgandan keyin ham yana tushib qolaveradi.
Gemorroidal tugunlar trombozi anal sohadagi kuchli og'riqlar bilan kechadi. Ba'zi hollarda, gemorroidal tugunlar yallig'lanishi anal soha shishi va tugunlar nekrozi bilan kechishi kuzatiladi.
O'tkir gemorroyning 3 ta og'ir darajasi ajiratiladi:
I daraja - tashqi gemorroidal tugunlar o'lchami unchalik katta emas, zich elastik holatda, ular tishsimon liniyadan pastda joylashgan, palpasiyada og'riqli. Anal soha terisi biroz qizargan. Bemor shikoyatlari - kuchanish vaqtida kuydiruvchi og'riq sezish va qichishish.
II daraja - perianal sohaning ko'proq qismida ancha rivojlangan shish, qizarish. Shu sohani palpasiya qilganda va to'g'ri ichakni barmoq bilan tekshirganda kuchli og'rikli. Bemorlar anal teshigi sohasidagi kuchli og'riqdan shikoyat qiladilar, ayniqsa, piyoda yurganda va o'tirganda.
IIIdaraja - anal teshigi atrofidagi to'kimalar "yallig'langan shish" bilan qoplangan. Bu soha palpasiyada kuchli og'riqli, shu sababdan to'g'ri ichakni barmoq bilan tekshirishning imkoniyati yo'q. Anal teshigi sohasida, anal kanalidan tushib turgan, tuk qizil yoki ko'kimtir qizg'ish rangli ichki gemorraidal tugunlar ko'rinib turadi. O'z vaqtida davolanmasa tugunlar nekrozga uchrashi mumkin.
Gemorroyni davolash
Gemorroyni boshlang'ich bosqichlarda konservativ davolash kerak, bunga defekasiya aktini va najas konsistensiyasini parhez yo'li bilan me'yorlashtirish kiradi. Gigienik rejimga rioya qilish zarur, defekasiya aktidan keyin tahoratlanish yoki dush qabul qilsa b'ladi. O'tkir gemorroyda ham konservativ davo qilinadi: mikroxuknalar, shag'amchalar, kuchsiz margansovkali iliq vannachalar. Kuchli og'riqlarda oraliq sohasiga avvaliga sovuq, analgetiklar, keyin esa qizdiruvchi kompress qilinadi. Gemorraidal tugunlar trombozida magnitoterapiya ham yaxshi yordam beradi. Baliq moyi va "vishnevskiy" bilan qilinadigan mikroxuknalar yaxshi ta'sir ko'rsatadi.
Gemorroy bo'yicha operatsiyalarning hozirgi kunda eng samarador operatsiya usullari - Milligan-Morgan bo'yicha gemorroidektomiya va shu operatsiyaning I, II variant modifikasiyalari (proktologiya ITI) hisoblanadi. (Adabiyotlar bo'yicha)
Operatsiya uchun sabab bo'ladigan holatlar:
1. Konservativ davo bilan to'xtatib bo'lmaydigan gemorroidal qon ketishlar, anemiya darajasining oshib borishi.
2. Katta gemorroidal tugunlar borligi, defekasiya aktining buzilishi, tez-tez bo'lib turadigan qon ketishlar, yallig'lanishlar.
3. Gigienani buzuvchi, og'riq chaqiruvchi va boshqa noqulaylaklarni keltirib chiqaruvchi tugunlarning salga yoki doimiy tushishilari.
Bundan tashqari gemorroyning dastlabki bosqichlarida quyidagi xalq tabobati namunalarini qo'llash orqali kasallikni yo'qotish (engillatish) mumkin:
Vestnik
Sedana



O'xshash maqolalar