Asosiy/ Tibbiyot olami/ Astmani davolash

Astmani jarrohlik yoʻli bilan davolash

Tibbiyotda eng xavfli xastaliklardan biri sifatida astma tilga olinadi. Bu xastalik bilan ogʻrigan odamning har kuni jiddiy xavf ostida boʻladi. Ayniqsa, xastalik xuruj qilganda, boʻgʻilish jarayoni koʻplab bemorlarni hayotdan olib ketishi kuzatiladi.

Angliya sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassislari shu kunlarda bemorlarni innovatsion yangi davolash usuli bilan tuzatishga harakat qilmoqda. Usul bronxial termoplastika deb atalib, bemorning ahvolini eng ogʻir vaziyatlarda ham yaxshilash imkoniga ega ekan.

"AstmaUK" xayriya tashkiloti boʻlim mudiri Jo Farrington-Duglasning gapiga koʻra, bronxial termoplastika usuli nafas yoʻllariga joylashib, bir-biriga jipslashgan holda kislorodning yoʻlini toʻsishga asoslangan yassi muskulatura hajmi keskin kamayishini taʼminlab, nafas yoʻllarini ochib yuboradi.

Yuqorida taʼkidlanganidek astmaning eng ogʻir turi ham xuddi shu usul yordamida, jarrohlik amaliyoti orqali chekinishga majbur etiladi.

O'xshash maqolalar