Asosiy/ Telegram sirlari/ Telegramga parol, kod qo'yish

Telegramga parol, kod qo'yish

Salom saytimiz foydalanuvchilari!
Telefon uchun dasturlarni himoyalovchi va hattoki fayllarni himoyalovchi parol va kodli dasturlar juda ham ko'p. Telegram messenjerida ham raqamli kodlash funksiyasi mavjud. Bu haqida siz bilasizmi?

Inglizchada: Menu " Settings " Privacy and Security " Passcode or Pattern Lock
Ruschada: Меню " Приватность и безопасность " Код доступа

Ushbu sahifaga kirganingizdan so'ng, kod funksiyasini yoqish tugmasi turgan bo'ladi. Tugmachani bosishingiz bilan kod kiritishingizni so'raydi.
Ushbu qismda 3 xil parol o'rnatish imkoni mavjud;
1. PIN-KOD - 4ta raqamdan iborat kod.
2. Parol - esa raqamlar, belgilar va harflar yordamida yana ham mukammalroq parol o'rnatish.
3. Rasmli - Belgilar orqali chizmali himoya

PIN-KOD yoki Parolni kiritasiz. So'ng tasdiqlash uchun takroran yana kiritasiz. Nihoyat, telegramingiz kodli himoyada.
Shu qismning o'zida parol va kodni almashtirish mavjud. (Change Passcode yoki Изменить код или пароль)
Auto-Lock (Автоблокировка) - Ushbu menyuda siz Telegramingiz necha daqiqada avtomatik bloklanishini belgilab qo'yasiz.

Agar telegramdan chiqish chog'ida avtobloklanishni kutishni xoxlamasangiz menyuda tepada qulf rasmi bor. Shu belgiga bosib, Telegramdan chiqib ketaverasiz.

E'tiboringiz uchun rahmat!!!

O'xshash maqolalar