Asosiy/ Telegram sirlari/ Telegramda SPAM

Telegramda SPAM nima?

Telegram ilovasida ilova o'z o'zini himoya qilish va har-hil zararli ma'lumotlarni tarqatuvchi foydalanuvchilar ustidan tushgan shikoyat SPAM deyiladi.

Xo'sh, SPAM ga qanday tushib qolamiz:
Ko'p foydalanuvchilar tomonidan bloklanish
Ko'p foydalanuvchilar tomonidan "Report Spam" qilinishingiz oqibatida.

Report Spam - Пожаловатся Спам - Spamga shikoyat qilish

SPAM bo'lib qolsangiz xabar yuborishingizga telegram menyusida xabar yuborilmagani haqida ma'lumot paydo bo'ladi. Yuborgan xabaringizda esa qizil belgi ichida undov belgisi paydo bo'ladi.
Avval SPAM holatini bilish uchun va uning muddatini aniqlash uchun @spambot botidan foydalangan holda ma'lumot olish mumkin edi. Hozirda ushbu bot ba'zi sabablarga ko'ra ishlamayapti.
SPAM ga tushmaslikni xoxlasangiz, har kimga har qanday ma'lumot yuboravermang va yozavermang. Report Spam qancha ko'p bosilsa, shuncha SPAM havfi kuchayaveradi.Ko'p SPAM ga sabab bo'lish ko'p vaqt chegaralanish beradi.
SPAM holatida tanishingiz bilan yozishishni istasangiz, avval unga boshqa imkoniyat orqali xabar yuboring. U sizga birinchi yozsa, siz keyin unga yozish imkoniga ega bo'lasiz. Qolgan kontaktdagi do'stlaringiz bilan esa bemalol yozishishingiz mumkin!



O'xshash maqolalar