Asosiy/ Taomlar/ UY SHAROITIDA PIZZA TAYYORLASH

Pitsa tayyorlash resepti

Kerakli masalliqlar:

1. Un - 5-6 stakan.

2. Margarin - 400 gr.

3. Tuhum - 2 dona.

4. Qatiq - 0,5 litr.

5. Tuz va choy sodasi - 1 choy qoshiq.

Pitsa tayyorlash resepti

Nachinka:

1. Qattiq pishloq - 400 gr.
2. Kolbasa yoki sosiska - 400 gr.
3. Pomidor - 3 dona.
4. Mayonez - 100 gr.
5. Qo'ziqorin - 100 gr.
6. Olivka - 50 gr.
7. Oq piyoz - 2-3 dona.

Tayyorlanishi:

Idishga unni, gazda erigan margarinni, choy sodasi va tuzli qatiqni solinadi. Tuhumni bittasini sarig'i olib qo'yiladi va qolgani idishga solinib, qo'lga yopishmaydigan yumshoq hamir qoriladi va 4ta bo'lakka bo'linib, 30 daqiqaga tindiriladi.
Hamir tingunicha nachinka tayyorlaymiz.

Nachinka:

Pishloq qirg'ichni yirik tishidan chiqariladi. Kolbasa, pomidor va oq piyoz yarim oy shaklida yupqa to'g'raladi. Qo'ziqorin va olivka yupqa to'g'raladi. Bularning xammasi aloxida idishda bo'lishi lozim. Masalliqlar 4 bo'lak hamirga etishi uchun taqsimlanadi. Nachinka o'z xoxishingizga qarab tanlanadi, ya'ni masalliqlar tarkibiga o'zgartirish kiritishingiz mumkin.

Tingan hamir dumaloq shaklda qo'l bilan yoyiladi. Chetlari pishganda masalliq chiqib ketmasligi uchun ko'tarib qo'yiladi. Olib qolingan tuhum sarig'i hamir chetlariga surtiladi.

Hamir ustiga tayyorlab qo'yilgan nachinka masalliqlari quyidagi ketma-ketlikda qatlam (ustma-ust) qilib terib chiqiladi: kolbasa, qo'ziqorin, oq piyoz, pomidor, olivka, mayonez. Ta'bga qarab ustini ko'katlar bilan bezash mumkin

So'ng oldindan qizdirilgan gaz duhovkasiga qizargunicha qo'yiladi. Pishishiga 5 daqiqa qolganida, duhovkadan olib, pishloq sepiladi va yana duhovkaga qo'yiladi.

Yoqimli ishtaha!!!

O'xshash maqolalar