Asosiy/ Taomlar/ Turkcha somsa tayyorlash

Turkcha somsa

Masalliqlar(15-20ta uchun):

-150gr margarin

-4stakan un

-1.5stakan qatiq

-4ta tuxum sarig'i

-1choy-q ichimlik sodasi+0.5choy-q uksus

Nachinka uchun:

-300gr qiyma go'sht

-4ta piyoz

-tuz,ziravorlar

Turkcha somsa

Tayyorlash:

Uy haroratida erigan margarinni un bilan uqalaymiz. Uksusga aralashtirilgan sodali aralashmani qatiqqa solib aralashtiramiz. Tuxum sarig'i,qatq va tuzni unga solib o'rtacha hamir qoramiz.(suyuq bo'lsa un solamiz, hamir qattiq bo'lsa qatiq solamiz).

Hamirni 0.5soatga sovutgichga qo'yamiz.

Qiyma+qirg'ichdan chiqarilgan piyoz+tuz+ziravorlar hammasini solib aralashtirib, uzunchoq shaklga keltirib chiqamiz.

Hamirni somsa qalinligida yoyib, lentalardek kesib chiqamiz.

Qiymani lentlarning bir chekasiga qo'yib, sekin aylantirib somsani tugamiz.

Somsani ustki qismini biroz bosib qo'yamiz.

Somsalarni listga terib, yuzasiga tuxum sarig'ini surib, kunjut sepib, 180Cda tepa-pastiga olib qizarguncha pishiramiz.

Alloh yaxshiliklarga sababchi qilsin!

O'xshash maqolalar