Asosiy/ Taomlar/ Tovuq somsa tayyorlash

Tovuq somsa

Kerakli masalliqlar:

      • 10 dona tayyor saryog'li varoq hamir
      • 1 dona tuhum
      • kunjut
      • tuz
      • zira
      • kashnichdona
      • murch
      • 3 dona piyoz
      • 6-7 dona tovuq oyoqchalari
      • 3-4 osh qoshiq o´simlik yog'i

Tovuqni suyagidan ajratib maydalab to'g'rab olamiz. Piyozni to'rtburchak qlib to'g'raymiz. Ta'bga ko'ra tuz, zira, murch va kashnichdona sepamiz. Yog'solib hammasini yahshilab aralashtirib olamiz.

Hamir o´rtasiga qiymamizdan solib chiqamiz.

Falga qog´ozini oddiy kabob cho´pga o´rab tayyorlab olamiz va qiyma o´rtasiga sanchib chiqamiz. Somsalarni yahshilab yopib tugib chiqamiz. Huddi rasmda ko´ringani kabi.

Tayyor tugulgan somsalarni ustiga tuhum surkaymiz va kunjutdan ko´pgina seoib chiqamiz.

\

200-220 daraja issiqlikda qizigan duhofkadan usti yahhsilab qizargunga qadar pishirib olamiz.

Tayyor somsalarni tovoqga terib hohishga ko´ra petrushka yoki boshqa ko´katlar bilan dasturxonga tortamiz.

Taomimiz tayor judaham mazali va mehmon kutish uchun ajoyib dasturxon ko´rki bo´ladi.

Yoqimli ishtaha!!!

O'xshash maqolalar