Asosiy/ Taomlar/ Shilpildoq tayyorlash resepti

Shilpildoq tayyorlash resepti

Kerakli masalliqlar:

1. Go'sht (mol, qo'y) - 0,5 kg.
2. Piyoz - 2 dona3. Kartoshka - 3 dona4. Qizil sabzi - 1 dona
5. Qizil va yashil bulg'or qalampiri - 1 donadan
6. Sarimsoq piyoz - 4-5 bo'lakcha
7. Pomidor qaylasi - 2 osh qoshiq
8. Yog' - 100 gr.
9. Ziravorlar

Shilpildoq tayyorlash resepti

Hamir

1. Un - 1-1,5 kg,
2. Tuhum 2 dona.
3. Nomokob suv - 1 kosa.

Tayyorlanishi:

1 kosa suvda 1 osh qoshiq tuz eritiladi. Tayyor eritma unga solinadi va 2 ta tuhum qo'shib, hamir qoriladi. Hamir yahshilab mushtlanib, tindirib qo'yiladi.

Hamir tingunicha, qaylani tayerlaymiz. Xamma masalliqlarni to'rtburchak qilib to'g'raymiz.

Qozondagi qizigan yog'ga oldin piyozni solib, novvot rang tus olgunicha qovuramiz. So'ng, go'shtni solib, qovurishda davom etamiz. Keyin pomidor qaylasi. So'ngra, kartoshka, sabzi, bulg'or qalampirlari, sarimsoq piyoz bo'lakchalari ketma-ket solinib, masalliqlar chiroyli qizil tus olgunicha qovuramiz. Ta'bga ko'ra, sarimsoq piyoz (yashil) va sel'derey solish mumkin. Biroz tuz solib, qozonga suv quyamiz. Suv hajmi qozonga solingan masalliqlarni ko'mishi kerak. Suv qaynab chiqqanidan so'ng, qayla o'rtacha olovda 15-20 daqiqa qaynatiladi.

Ungacha, tingan hamirimiz yupqa, bir tekisda qilib yoyiladi. Hamir qalinligi chuchvara hamiri qalinligidek (2-3 mm) bo'ladi. Yoyilgan hamir, 8 ga 8 to'rtburchak qilib kesiladi. Hamir bo'lakchalari aloxida suvda pishiriladi.

Pishgan hamirni chovli yordamida laganga suzamiz va ustiga qaylani quyib, dasturhonga tortamiz.

Yoqimli ishtaxa!



O'xshash maqolalar